Get Mystery Box with random crypto!

FEATURE.UZ

Telegram kanalining logotibi featureuz — FEATURE.UZ F
Telegram kanalining logotibi featureuz — FEATURE.UZ
Kanal manzili: @featureuz
Toifalar: Texnologiyalar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.87K
Kanalning ta’rifi

Texnologiya, marketing, AT va fichalar haqida
📩 Fikr-mulohaza uchun: @nurqulov

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2021-01-31 19:00:19
Hafta davomidagi eng qaynoq texnoxabarlar bilan tanishing:

• TikTok'ni umrbodga bloklashdimi? — click.

• Dunyodagi eng katta daromadli TOP 5 brendlari bilan tanishing — click.

• Windows 10 ning navbatdagi yangilanishi unchalik katta boʻlmaydi, ammo u oldinroq chiqadi — click.

• Hammasi rejaga muvofiq amalga oshiriladi. Xiaomi, Oppo va Vivo bu yil buklanadigan smartfonlarni chiqaradi — click.

Telegram 7.4 versiyaga yangilandi. Asosiy yangilik, ma’lumotlarni ko‘chirish — click.

iPhone 13 Pro tarixga kiradi. Smartfon 1 TB flesh-xotiraga ega bo‘ladi — click.

P.S. @analoguz loyihasini yo‘lga qo‘ydik — asosan tech yangiliklar chiqadi.

#haftadayjesti @analoguz
1.6K views16:00
Ochish/sharhlash
2021-01-28 17:51:13
Telegram yangilandi

Android uchun Telegram 7.4 versiyasiga va iOS 7.4.1 versiyasiga yangilandi. Telegram Desktop esa 2.5.7 barqaror versiyasiga yangilandi.

Yanvar oyida 100 million yangi foydalanuvchilarga erishildi. Yangilanishlar quyidagilar:

• Boshqa dasturlardan xabarlarni uzatish
• Maxfiyliklar, qo‘ng‘iroqlar tarixini izsiz o‘chirish imkoniyati
• Yaxshilangan ovozli suhbatlar
• Musiqa playerlar takomillashdi, faqat android uchun
• Boshqa yangilanishlar.

UPD. Batafsil o‘zbek tilidagi Telegraph-maqolada o‘qishingiz mumkin.

#tgnews @featureuz
5.3K viewsedited  14:51
Ochish/sharhlash
2021-01-25 19:27:03
TikTok'da o‘zgartirib bo‘lmaydigan 3 ta narsa

1. Profil ochish paytida belgilangan tug‘ilgan yil va kunni keyin o‘zgartirib bo‘lmaydi.

2. Profilni birovga bermoqchi bo‘lib, uning jinsini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, buning iloji yo‘q.

3. Sahifangizga qo‘yilgan videoning matnini tahrirlash imkonsiz.

TikTok'dan foydalanish davomida quyidagilarga e’tibor bersangiz, keyinchalik muammolarga duch kelmaysiz!

Mavzuga doir:
• TikTok o‘spirinlar uchun cheklovlarni joriy qildi — click.
• TikTokda qanday kontent qilish samarali bo‘ladi? — click.

#tiktok @featureuz
3.5K views16:27
Ochish/sharhlash
2021-01-23 21:06:50
Ijtimoiy tarmoqlar ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotgan muammolardan biri bu — endi Apple qurilmalari uchun Telegram bloklanadimi?

O‘zimning shaxsiy munosabatimni bildirmoqchiman:

Aytishlaricha, shunday bo‘lishi mumkin, bunga Telegram asoschisi Pavel Durov va Apple o‘rtasidagi kelishmovchiliklar sabab.

Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, iPhone foydalanuvchilari brauzerlar orqali, Telegram'ning web versiyasidan — https://web.telegram.org foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Bu qancha muddat davom etadi, bizga qorong‘u

Ma’lumot o‘rnida: Apple qurilmalari Telegram'ni faqatgina App Store'dan yuklab olishi mumkin.

#nimaboʻldi @featureuz
5.1K viewsedited  18:06
Ochish/sharhlash
2021-01-22 13:32:08
2021-yil yanvar oyining o‘zidayoq 90 million foydalanuvchi Telegram'da ro‘yxatdan o‘tibdi

Taqqoslash uchun: 2016-yilga kelib 100 million faol foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tgan edi.

#statistika @featureuz
3.5K viewsedited  10:32
Ochish/sharhlash
2021-01-22 09:45:51
Bir yil ichida Android smartfonlari iPhone'ga qaraganda ikki baravar tezroq narxini yo‘qotmoqda

BankMySell smartfonlar savdosi narxlarini tahlil qildi va ularning qanchalik arzonlashayotganini aniqladi.

iPhone birinchi yil davomida o‘rtacha 16,7% narxini yo‘qotmoqda. Xuddi shu davrda Android'da flagmanlar 33,6 foizga arzonlashdi.

Ikki yil ichida iPhone narxi 35,7 foizga, eng yuqori darajadagi Android smartfoni esa 61,5 foizga tushadi

Tadqiqotlar shuningdek, 2019-yilgi eng mashhur flagmanlarning narxlari dinamikasini taqqoslab chiqibdi: Samsung Galaxy S20 va iPhone 11. Mana ularning savdo narxi sotuvlar boshlanganidan 9 oy o‘tgach qanday o‘zgargani:

• Galaxy S20: -34,78%.
• iPhone 11: -12,84%.

• Galaxy S20 Plus: -30,59%.
• iPhone 11 Pro: -21,31%.

• Galaxy S20 Ultra: -36,30%.
• iPhone 11 Pro Max: -15,96%.

#technews @featureuz
4.2K viewsedited  06:45
Ochish/sharhlash
2021-01-21 20:16:28
Noutbukingizni haddan tashqari issiqliklardan saqlang

Noutbukning haddan tashqari qizishi bu — juda keng tarqalgan muammo. Noutbukning barcha tarkibiy qismlari ish paytida issiqlik hosil qiladi. Afsuski, qurilmaning kichik o‘lchamlari tufayli ham noutbukni samarali sovutish mumkin emas. Agar harorat sezilarli darajada ko‘tarilsa, noutbuk o‘chadi.

Laptopingizni qanday sovutish kerak:

• muntazam ravishda noutbukni changdan tozalang;
• ishlayotganda, noutbukga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo kirib turishini ta’minlang;
• sovutish pedi sotib oling;
• maxsus yordam dasturini (утилиту) o‘rnating;
• markaziy protsessor, hard disk va video kartani holatini tekshiring.

Top 5 eng yaxshi haroratni nazorat qilish dasturlari:
1. AIDA64 Extreme Edition;
2. Speccy;
3. Speed Fun;
4. HWM Monitor;
5. CAM.

P.S. Laptopingizni changdan saqlang, chang bu — noutbukning asosiy dushmanlaridan biri.

#foydali — @featureuz
3.4K views17:16
Ochish/sharhlash
2021-01-15 16:02:03
Instagram layklar hisoblagichini hammadan o‘chirib tashlamoqchi bo‘lgan edi va keyin fikrini o‘zgartirgandi.

Xo‘sh, shunday qilib qanday qarorga kelishdi? Ha, layklar hisoblagichi yo‘qoladi — faqat siz xohlasangiz. Aytishlaricha, endi u alohida bir funksiya bo‘lib keladi. Ya’ni istasangiz bu funksiyani yoqib, istamasangiz o‘chirib qo‘yish imkoniyati bo‘ladi - Gurov .

#instanews @featureuz
5.3K viewsedited  13:02
Ochish/sharhlash
2021-01-14 10:52:13
TikTok o‘spirinlar uchun cheklovlarni joriy qildi. Masalan, endi 13-15 yoshdagi foydalanuvchilarning akkauntlari avtomatik ravishda xususiy ya’ni «private account» bo‘lib qoladi.

Bunday akkauntlarda joylashtirilgan videolarni faqat foydalanuvchi o‘zi tasdiqlagan obunachilar tomosha qilishlari mumkin

Mavzuga doir qo‘shimcha ma’lumot: TikTok'da tug‘ilgan yilni o‘zgartirib bo‘lmaydi.

#tiktoknews @featureuz
4.6K viewsedited  07:52
Ochish/sharhlash
2021-01-14 07:11:43
@trump kanalidan rasmiy galochka olinib, «SCAM» yorlig‘i berildi, aytishlaricha bu kanal oldin stavkalarni reklama qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Telegram'dagi Trump'ning hech bir kanali rasmiy kanal emas ekan

Telegram foydalanuvchilari keskin oshdi, Trump faqat Telegram'dan bloklanmadi, endi hech bir Trump'ning kanali rasmiy emasligi aytilmoqda, nimadir shubhali tuyulmayaptimi?

#nimaboʻldi @featureuz
4.9K viewsedited  04:11
Ochish/sharhlash