Get Mystery Box with random crypto!

Bir yil ichida Android smartfonlari iPhone'ga qaraganda ikki b | FEATURE.UZ

Bir yil ichida Android smartfonlari iPhone'ga qaraganda ikki baravar tezroq narxini yo‘qotmoqda

BankMySell smartfonlar savdosi narxlarini tahlil qildi va ularning qanchalik arzonlashayotganini aniqladi.

iPhone birinchi yil davomida o‘rtacha 16,7% narxini yo‘qotmoqda. Xuddi shu davrda Android'da flagmanlar 33,6 foizga arzonlashdi.

Ikki yil ichida iPhone narxi 35,7 foizga, eng yuqori darajadagi Android smartfoni esa 61,5 foizga tushadi

Tadqiqotlar shuningdek, 2019-yilgi eng mashhur flagmanlarning narxlari dinamikasini taqqoslab chiqibdi: Samsung Galaxy S20 va iPhone 11. Mana ularning savdo narxi sotuvlar boshlanganidan 9 oy o‘tgach qanday o‘zgargani:

• Galaxy S20: -34,78%.
• iPhone 11: -12,84%.

• Galaxy S20 Plus: -30,59%.
• iPhone 11 Pro: -21,31%.

• Galaxy S20 Ultra: -36,30%.
• iPhone 11 Pro Max: -15,96%.

#technews @featureuz