Get Mystery Box with random crypto!

Bilasiz, yurtimiz 2023-yilning mart oyida 20 yoshgacha boʻlgan | Uzbekistan Football Association

Bilasiz, yurtimiz 2023-yilning mart oyida 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi. Unda Osiyoning eng kuchli jamoalari qitʼa birinchiligi va Jahon chempionati yoʻllanmasi uchun kurash olib boradi.

Oʻz oʻrnida, Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi ham mezbon sifatida mazkur musobaqaga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Jamoamiz rejaga muvofiq musobaqaga qadar bir nechta yigʻinlar oʻtkazishi, xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 10-18-sentyabr kunlari Saudiya Arabistonida U-20 Osiyo kubogiga saralash oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Vakillarimiz Saudiya Arabistoni, Xitoy, Myanma va Maldiv yoshlar terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan boʻlib, jamoamizning bu bosqichdagi ishtiroki ramziy hisoblanadi.

Ravshan Haydarov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi 7-11-sentyabr kunlari xalqaro turnir doirasida Urugvay, Argentina va Braziliya yoshlar terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Shuningdek, jamoa 24-27-sentyabr kunlari Toshkentda Jahon chempionati ishtirokchisi — Slovakiya yoshlar terma jamoasiga oʻrtoqlik oʻyinlarida qatnashadi.

Shu sababli Saudiya Arabistonidagi U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichida Oʻzbekiston U-19 terma jamoasining ishtirok etishi koʻzda tutilmoqda. Bu orqali Farhod Nishonov shogirdlarining xalqaro tajribalarini yanada orttirish va ularni rasmiy uchrashuvlarga tayyorlab borish maqsad qilingan.

Dammam shahrida boʻlib oʻtadigan yigʻindan avval Oʻzbekiston U-19 terma jamoasi BAA U-19 terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida ishtirok etadi. Uchrashuv 6-sentyabr kuni Dubayda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

t.me/FAUzbekistan