Get Mystery Box with random crypto!

Bo'ydoqlar uchun maxsus! Yosh emasmiz endi biz Sho'xliklar or | Dildagi gaplar!

Bo'ydoqlar uchun maxsus!

Yosh emasmiz endi biz
Sho'xliklar ortda qoldi
Hanuz chiqmas tengimiz
Bo'yimiz yetib qoldi.

Go'yoki biz tengilar
Bobo bo'lib qolibdi.
Yoshim yegirma beshda
Shu hol aqlim olibdi.

Atrofda yosh qizchalar
Biram chiroyli bari.
Lek bizga parvo qilmas
Ularchun bizlar qarri.

Kulisharmish ko'rganda
Mahalla ayollari.
Sabab bormikan arzir
Qayerda xayollari.

O'zimdan katta bari
Akalarim bor bo'ydoq.
Ular ham ishqdan nari
Bizga yo'l bo'lsin bundoq.

Va'da berdim o'zimga
Busiz ko'ngil to'lmaydi.
Shu yoz yo erta kuzda
Uylanmasam bo'lmaydi.


Bo'ydoqlarga jo'natamiz sekin!