Get Mystery Box with random crypto!

Ona...! Biroz g'amga toldimman ona Yo'q yo'q menda hammasi ya | Dildagi gaplar!

Ona...!

Biroz g'amga toldimman ona
Yo'q yo'q menda hammasi yaxshi.
Siz xavotir bulmang xop yana
O'qishlarim ishlarim yaxshi.

Tushlarimga kirmay qo'ydingiz
Sizni juda sog'indim ona.
Yolg'izlatib qayga ketdingiz
Sizsiz kunlar o'tmas g'amxona.

Telefonimni olaman qo'lga
"Onam" degan raqam teraman.
Qo'ng'iroqni olmaysiz nega.
Qayta terib uzoq kutaman.

Rasmingizga boqaman takror
Ovozingiz eshitgim kelar.
Aytolmasman sog'inchim bisyor
Shu azobim qalbim kemirar.

Onamga ...!