Get Mystery Box with random crypto!

Hayot falsafasi 🍃

Telegram kanalining logotibi falsafasi_hayot — Hayot falsafasi 🍃 H
Telegram kanalining logotibi falsafasi_hayot — Hayot falsafasi 🍃
Kanal manzili: @falsafasi_hayot
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 67.06K
Kanalning ta’rifi

Ҳаётда ҳеч нарса тасодиф эмас. Сиз айнан керакли вақтда, керакли жойдасиз!
📚 «Ҳаёт фалсафаси» - Ҳаёт ўргатади, лекин биз билан тезроқ.!
Реклама: @manfaatli_reklama_agentligi
Cреатор: Моҳинур ))
#Ayollar #Oilaviy #Foydali #Bolalar

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 281

2021-12-16 12:11:05
Koʻngil shu qadar nozik, shu qadar shaffofki, unga ozor berish juda oson...
Ey koʻnglim, ey qalbim, sen - Xoliqqa oshiq boʻl, shunda mahluqlar ozori sezilmaydi, oʻzing ham ozor bermaysan....


@falsafasi_hayot
11.5K viewsedited  09:11
Ochish/sharhlash
2021-12-15 17:18:09
Zino yomg‘ir kabi yog‘ayotgan zamonda iffat shamsiyasi ila quruq qola olgan afifalar darxaqiqat jannatga loyiqdirlar...

@falsafasi_hayot
10.6K viewsedited  14:18
Ochish/sharhlash
2021-12-15 16:02:13
Боланинг жинси нимага ёки кимга боғлиқ?

Тўғри жавобни билиш учун пост тагидаги тугмани босинг
11.8K views13:02
Ochish/sharhlash
2021-12-15 13:41:32
Yoʻqotganlarimiz ichida vijdonimiz, or-nomusimiz, eng asosiysi iymonimiz boʻlmasa bas... Qolganlari u darajada ahamiyatli emas....!

@falsafasi_hayot
13.8K viewsedited  10:41
Ochish/sharhlash
2021-12-14 18:48:45
​​ Istigʻforning 40 xosiyati..

1. Allohga itoatgoʻy banda istigʻfor aytadi;
2. Istigʻfor aytgan banda paygʻambarlar, solihlar yoʻlidan yuradi;
3. Istigʻfor aytgan odam iymon halovatiga erishadi;
4. Istigʻfor bandani gunohlardan poklaydi;
5. Istigʻfor aytgan odamning gunohlari savobli ishlarga almashtiriladi;
6. Istigʻfor aytgan odamga neʼmatlar koʻpaytirib beriladi ;
7. Istigʻfor bandaning martabasini koʻtaradi;
8. Baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik olib keladi;
9. Istigʻfor tufayli odamlar ham, jamiyat ham buzuqliklardan poklanadi;
10. Istigʻfor yomgʻir yogʻishiga sabab boʻladi;
11. Mol-dunyoga baraka kiritadi;
12. Istigʻfor aytgan inson farzand neʼmati bilan siylanadi;
13. Dehqonchilik, chorvachilikdagi unumdorlik ham istigʻfor aytish bilan uzviy bogʻliq;
14. Istigʻfor aytuvchi jahannamdan najot topadi;
15. Istigʻfor bandaning jannatga kirishiga sabab boʻladi;
16. Istigʻfor Allohning rahmati tushishiga, banda holati ijobiy tomonga oʻzgarishiga sabab boʻladi, yaxshiliklarni koʻpaytiradi;
17. Istigʻfor tanani baquvvat, sogʻlom qiladi, kasalliklarni aritadi;
18. Istigʻfor aytgan odamning hayoti farovon boʻladi ;
19. Istigʻfor bilan vatan tinch boʻladi, el-yurt taraqqiy etadi;
20. Istigʻfor inson koʻnglini xotirjam qiladi;
21. Boshga tushgan balolarni daf etadi;
22. Bandani Allohga yaqinlashtiradi;
23. Istigʻfor aytgan odam Allohning marhamatiga sazovor boʻladi ;
24. Istigʻfor majlis kafforatidir;
25. Istigʻfor gʻiybatga kafforat boʻladi ;
26. Shayton vasvasasini qaytaradi;
27. Alloh istigʻfor aytgan bandani yaxshi koʻradi ;
28. Istigʻfor aytish Allohni rozi qiladi;
29. Gʻam-tashvishlarni ketkazadi;
30. Xursandchilik olib keladi;
31. Yuzni nurli qiladi;
32. Rizq kelishini osonlashtiradi;
33. Istigʻfor aytgan odamning duosi qabul boʻladi ;
34. Alloh istigʻfor aytuvchining ogʻirini yengil qiladi;
35. Koʻp istigʻfor aytgan odam qiyomat kuni nomai aʼmolini koʻrib xursand boʻladi;
36. Olamdan oʻtib ketgan ota-onalar farzandlari aytgan istigʻfor tufayli jannatda yuqori martabaga koʻtarilishadi;
37. Istigʻfor odamni tushkunlikdan xalos etadi;
38. Hasrat-nadomatni, pushaymonni ketkazadi;
39. Qalbni tiniqlashtiradi;
40. Istigʻfor aytgan odamning rizqi keng boʻladi, kasb-koriga baraka kiradi...

Ziyovuddin Rahimning “Istigʻforning 40 xosiyati” kitobidan


Astagʻfirulloha va atubu ilayh!

@falsafasi_hayot
12.4K views15:48
Ochish/sharhlash
2021-12-14 18:01:02
ДИҚҚАТ ЭЪЛОН

Сиз психолог, тренер, спикер, мотиватормисиз?

Сиз ўз тренингларингизни яратишни истайсизми?
Юқори самарали тренингларни яратиб ўқувчиларингизни натижага олиб чиқишни истайсизми?
Ўз тренингларингизни ЮҚОРИ НАРХЛАРДА сотиб энг юқори даромадли касб эгаси бўлишни истайсизми?

Унда Талиа Халабанинг 15- декабрь куни соат 20:00 да бўладиган

"ЯНГИ ДАВР МЕНТОРИ"
деб номланган мутлақо
БЕПУЛ ВЕБИНАРИДА
ИШТИРОК ЭТИНГ
10.9K views15:01
Ochish/sharhlash
2021-12-12 19:40:07 ​​​​Seni chindan ham sevganlar, sen uchun qayg‘urganlar haqida bilmoqchimisan?!
Ular seni nimaga rag‘batlantirib, nimadan qaytarayotganlariga boq!
Haqiqiy sevganlar seni ma’siyat ko‘chasidan to‘sishadi. Haqiqiy qayg‘urganlar seni jahannam azobidan asrashadi.

Yaxshilikka da’vat qilib, yomonlikdan qaytarishadi. Ulargina seni chindan sevishadi, asrab avaylashadi.
Seni dunyoning o‘tkinchi rohatlariga, lahzalik lazzatlariga chorlashmaydi.
Seni o‘zlariga emas, Robbilariga yaqinlashtirishadi. Ana o‘shalar chindan ham sevganlardir.

Shunday insonlaring bo‘lsa, qo‘yib yuborma! Chunki, ularning muhabbati seni hisob kuni arshning soyasiga oladi, jannatga kalit bo‘ladi.

Sen-chi? Sen ham kimnidir shunday sevasanmi?

Orif Taskinning «Hayot menga shuni o‘rgatdi» kitobidan.


@falsafasi_hayot
16.2K views16:40
Ochish/sharhlash
2021-12-12 19:00:46 ​​ Avvallari:

– Deraza oldida sariq gul turgan boʻlsa, bu uyda kasal kishi bor... Uy oldida va hattoki bu koʻchada shovqin-soʻron qilma degan maʼnoni bildirgan.
– Deraza oldida qizil gul turgan boʻlsa, bu uyda turmushga chiqish yoshiga yetgan, bokira qiz bor... Uy oldidan oʻtayotganingda gap-soʻzingga eʼtiborli boʻl, haqorat soʻzlarni gapirma degan maʼnoni bildirgan.
– Qizga sovchi boʻlib kelgan
yigitning namozxon ekanligini yoki benamoz ekanligini bilish uchun shimining tizzasiga eʼtibor berishgan...
– Mehmonga qahvaning yonida suv ham keltirilar edi... Agar mehmon toʻq boʻlsa, avval qahvani, aksincha och boʻlsa, avval suvni olardi... Shunga qarab mehmonga dasturxon yozib taom tayyorlanardi yoki meva keltirilardi...
– Eshik ustida ikkita toʻqmoq
boʻlardi. Biri yoʻgʻon, ikkinchisi ingichka. Kelgan kishi ayol boʻlsa, eshikni ingichka toʻqmoq bilan taqillatardi. Shundan kelib
chiqib, xonadon sohibasi eshikni ochardi. Agar erkak kishi boʻlsa, yoʻgʻon toʻqmoq bilan taqillatardi. Xonadon sohibasi eshikni parda bilan toʻsib ochardi yoki biror mahrami (eri va h.k.) ochardi.
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning 63 yoshda vafot etganlari eʼtiboridan 63 yoshdan oshgan ulugʻlarimizdan yoshlari
soʻralganda: “Haddan oshdik”,
deyishardi...
– Yoʻlda kichiklar kattalarning oldiga tushib yurmas edi...
– Fitr sadaqasi, Zakot mollari Ramazondan avval – Shaʼbon oyida berilardi, “Faqiru fuqaro Ramazonga toʻqlik bilan kirsin”, deyishardi.
– Yigitlar kelishilgan,
unashtirilgan qizlar bilan uchrashuvga borganlarida hadiya sifatida oyna olib borishardi. Bu: “Senga oʻzingdan yanada goʻzalroq beriladigan hadya yoʻq”, degani edi...

Avvallari shunday edi....


@falsafasi_hayot — bebaho maskan!
15.6K viewsedited  16:00
Ochish/sharhlash
2021-12-12 16:09:07
Kun kelib qanday boʻlishimni bilmayman... Kun kelib qayerda boʻlishimni-da bilmayman... Lekin Allohga tavakkul qilganman va aniq bilaman, Robbim men uchun eng afzal tanlovni qiladi....!

@falsafasi_hayot
15.6K viewsedited  13:09
Ochish/sharhlash
2021-12-11 18:36:41
Borida qadrlang... Ertaga kech boʻlishi mumkin...

Koʻrib koʻzimga yosh keldi, haqiqatda inson zoti oʻta noshukur... Sizga ham ilindim..

Shukur qiladigan neʼmatlaringiz koʻp boʻlishligini va ularning shukrini ado etishlikni nasib qilsin Allohim ))

@falsafasi_hayot
23.0K viewsedited  15:36
Ochish/sharhlash