... •Dadasi, tahoratingizga suv tayyorlab qo‘ydim. • Dadasi, | Hayot falsafasi 🍃
...
•Dadasi, tahoratingizga suv tayyorlab qo‘ydim. • Dadasi, nonushta tayyor, turaqoling. • Dadasi, tashqarida sovuq bo‘lyapti, qalin kurtkangizni kiyaqoling. • Dadasi, yo‘llarda ehtiyot bo‘ling. • Dadasi, tushlik qilib oling. • Dadasi, kech qolmay keling. • Dadasi, kelyapsizmi, taom tayyor bo‘ldi. • Dadasi, charchamadingizmi.
Bular ayolning eriga “Dadasi, men sizni yaxshi ko‘raman” degan gapining turli uslubdagi izhorlari.
• Onasi, yaxshi o‘tiringlar, O‘ziga omonat. • Onasi, ro‘zg‘orda nima kam, kelishimda nima olib kelay? • Onasi, bolalarimiz seni qiynamadimi? • Onasi, kun bo‘yi charchamadingmi? • Onasi, pishirgan taoming juda mazali bo‘pti. • Onasi, kiyininglar, ko‘chani aylanib kelamiz. • Onasi, uzr, kel yarashaylik. • Onasi, qanaqa ko‘ylak oberay? • Onasi, meni duo qil.
Bular erning ayoliga “Onasi, seni yaxshi ko‘raman” degan gapining turlicha izhorlari.
Yaratgan Egam hamma oilalarni totuv, saodatli qilsin, janjaldan asrasin. Oila ne’matiga erishmaganlarga solih-soliha juftlar ato etsin.