Get Mystery Box with random crypto!

FAKTLAR

Telegram kanalining logotibi faktlar_qiziqarli_kerakli — FAKTLAR F
Telegram kanalining logotibi faktlar_qiziqarli_kerakli — FAKTLAR
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 533
Kanalning ta’rifi

"БУ ФАКТ" каналига хуш келибсиз!!!
Малумотлар, Рекордлар, Қизикарли Фактлар, Янгиликлар фақатгина бизнинг каналда!
Биз билан дунё қарашингизни янада кенгайтиринг.
👨‍💻 Admin: @Shedriy_Admin
⚡ Reklama Xizmati: @Rek_Info

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2023-08-25 08:20:26
Gullar orasida eng go'zallaridan biri bo'lgan lola haqida qiziqarli ma'lumotlar ketma-ketligi!

Rossiyada qizil lolalar romantik sevgini e'lon qilish uchun ishlatilgan, bu erda qizil lolaning qora markazi sevgi ehtirosidagi sevgilining ko'mir yonib ketgan qalbini anglatadi;

1600-yillarda Gollandiyada lola hatto oltindan qimmatroq sotilgan. 1630-yillarda G'arbiy Yevropada lolalar shunchalik qimmatga tushdiki, hatto ular pul birligi sifatida qabul qilindi;

Lolalarning umri juda qisqa, 3 dan 7 kungacha;

Lolalar kesilganidan keyin ham kuniga 1dyum( deyarli 2,5 sm) tezlikda o'sishi mumkin.

BU FAKT - Siz Bilmagan Faktlar
16.6K views05:20
Ochish/sharhlash
2023-08-24 18:44:23
Xitoyda 28 soat-u 45 daqiqada 10 qavatli turar joy binosi qurilib, yashashga tayyor holatga keltirildi.

Ushbu binolar tayyor xonalardan yig'ilgan bo’lib, 9 ballik zilzilaga ham bardosh bera oladi.

Aholi hotirjamligi va xavfsizligi doim birinchi o’rinda!

BU FAKT - Siz Bilmagan Faktlar
20.2K views15:44
Ochish/sharhlash
2023-08-24 16:44:01
Neptun — Quyosh sistemasidagi eng sershamol sayyora!

Mutaxassislarning aniqlashicha, u sayyorada shamol tezligi soatiga 2000 kmni tashkil qilar ekan.

Bunday kuchli shamol Yerda bo’lsa, vaziyatni tasavvur qilavering...

BU FAKT - Siz Bilmagan Faktlar
16.6K views13:44
Ochish/sharhlash
2023-08-24 15:48:01
Fanta nega bunday nomlanganligini bilasizmi?

2-jahon urushi mobaynida Coca-Cola'ning Germaniyadagi bo'limini boshqargan Maks Kayt yangi mahsulot yaratishga qaror qiladi. Unga nom berish uchun bitta butun jamoa muhokama uyushitradi. Maks Kayt xodimlarga nemischada "fantasie" ya'ni "tasavvurni ishlating" deydi. Jo Nip ismli xodim darrov "Fanta!" deb yuboradi va mahsulotga shu nom beriladi.

BU FAKT - Siz Bilmagan Faktlar
15.7K views12:48
Ochish/sharhlash
2023-08-24 15:16:01
London metrosidagi 2ta sichqonning mushtlashuvi surati 2019 yilda "Yilning eng zo'r surati" mukofotini qo'lga kiritgan.

BU FAKT - Siz Bilmagan Faktlar
15.5K viewsedited  12:16
Ochish/sharhlash
2023-08-24 11:59:22
Qiziqarli faktlar.
1. Fillar sakray olmaydigan yagona jonzot.
2. Oyda 3 ta golf koptokchasi bor.
3. Xitoyda ingliz tilida gaplashuvchilar soni AQSHdagidan ko'proq.
4. 4 yoshli bola kuniga o'rtacha 437 ta savol beradi.
5. Qaychini Leonardo da Vinchi kashf qilgan.
6. Eng qimmatli tufli mashhur zargar Styuart Vaytsman tomonidan yaratilgan. Mazkur tufli 642 dona yoqut bilan bezatilgan bo'lib, tannarxi. 1,6 million yevroni tashkil etadi.


BU FAKT - Siz Bilmagan Faktlar
16.4K viewsedited  08:59
Ochish/sharhlash
2023-08-24 08:50:02 ЖИГАРЛАРИМ

Дўстингман деб ортимдан тош отганларим,
Сирим олиб, ғанимларга сотганларим,
Тикон бўлиб юрагимга ботганларим,
ЖИГАРЛАРИМ

Ой эдингиз осмонимда кулиб кетган,
Ишончимни юрагимдан юлиб кетган,
Мол-дунё деб ётдан йироқ бўлиб кетган,
ЖИГАРЛАРИМ

Сиз жонимга жон эдингиз кўзимга қош,
Дардга дармон, бир тан-у, жон, бир ёқа бош,
Меҳрингизни истаб бугун кўзимда ёш,
ЖИГАРЛАРИМ

Қилмишимиз ёвдан баттар,
нетаяпмиз,
Нафсимиз деб кўнгилни хун этаяпмиз,
Оқибатни узиб қайга кетаяпмиз,
ЖИГАРЛАРИМ

Меҳр қайда дилларни мавҳ этган қаҳр,
Дийдалар тош,юраклар тош қондир бағир,
Сизга тикон кирса жоним оғрир ахир,
ЖИГАРЛАРИМ

BU FAKT - Siz Bilmagan Faktlar
16.2K views05:50
Ochish/sharhlash
2023-08-23 20:05:16
Иштаҳани камайтирадиган овқатлар

Иштаҳани толага бой овқатлар бостиради. Шунингдек, қомат ва соғлиқ учун зарарсиз бўлган олма, ситрус мевалар, бодринг, ананас иштаҳани камайтиришга ёрдам беради.

Агар овқатланиш оралиғида очлик сизни қийнаса, аста-секин олхўри ёки ўрик истеъмол қилинг, сўнгра данагини оғзингизда бир муддат ушлаб туринг, деб маслаҳат беради мутахассислар.

BU FAKT - Siz Bilmagan Faktlar
17.8K views17:05
Ochish/sharhlash
2023-08-23 18:47:01
Oyga piyoda yetib borish uchun qancha vaqt kerak bo'ladi?

— Oy taxminan yerdan 384,400 kilometr uzoqlikda va odam o'rtacha soatiga 5 kilometr masofa yurishi mumkin. Agar siz 24/7 yursangiz, taxminan 9 yil ichida oyga yetib borasiz. Oq yo'l

BU FAKT - Siz Bilmagan Faktlar
17.4K viewsedited  15:47
Ochish/sharhlash
2023-08-23 16:27:01 #kun_tarixi
2023-2024-o‘quv yili uchun 193 mingdan ziyod abituriyent talabalikka tavsiya etildi

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Shundan:

42 655 nafari — davlat granti;
150 766 nafari — to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti:

Kunduzgi ta’lim shakli — 129 927 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 49 852 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 10 752 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 2 890 nafar.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

davlat granti asosida o‘rtacha ball — 119,3 ballni;
to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball — 93,3 ballni tashkil etdi.

BU FAKT - Siz Bilmagan Faktlar
16.6K viewsedited  13:27
Ochish/sharhlash