Get Mystery Box with random crypto!

​​IT sohasidagi rekordlar haqida Zamon bilan hamnafas ravishd | eurosoft.uz | Rasmiy kanali

​​IT sohasidagi rekordlar haqida

Zamon bilan hamnafas ravishda IT (informatsion texnologiya) sohasi jadallik bilan rivojlanib kelmoqda. Mazkur sohada oʻziga xos rekordlar borligini avval ham eshitganmisiz?

Biz sizga antiqa rekordlar kolleksiyasini taqdim etishga qaror qildik.

1. Eng yosh dasturchi — hindistonlik Arham Om Talsania.
Hindiston dasturchilari va ularning yutuqlari haqida yuzlab maqolalar yozish mumkin. Albatta, mazkur davlat vakillari sohaning yaqqol yetakchilari boʻlib kelmoqda. Arham 2 yoshidanoq otasi uni ushbu sohaga tayyorlashni boshlagan. U 6 yoshida esa mazkur unvonni qoʻlga kiritgan. Biz ishonamizki, hali bu natijani Al-Xorazmiy avlodlari yangilaydi.

2. Eng uzun yozilgan kod — Project Apollon.
Real vaqt tizimi dasturi boʻlib, mazkur dastur toʻliq tugallanishi uchun bir milliondan ziyod satrda kodlar yozilgan.

3. Eng koʻp davrlardan beri ishlatilib kelinayotgan dasturlash tili — FORTRAN.
Kompyuterlar ixtiro qilingach, dasturlash tiliga oʻxshash koʻplab narsalar paydo boʻla boshladi, biroq bu dasturlar maʼlum bir muddatgina yashashga ulgurgan. FORTRAN esa hozirgi kunda ham mavjud. 1957-yilda yaratilgan dasturga 2010-yilda soʻnggi yangilanish amalga oshirilgan.

4. Eng yoshi katta dasturchi — Masako Wakamiya.
83 yoshli Masako Wakamiya hozirgi kundagi eng qariya dasturchi hisoblanadi. iOS dasturchi sifatida ish boshlashidan avval bank sohasida ishlagan. 60 yoshga toʻlganda oʻzining ilk shaxsiy kompyuterini sotib olib, dasturchilikni oʻrgangan.

Bunday maʼlumotlar haqida koʻplab gapirish mumkin, ammo vaqt yetmaydi. Dasturchilikni oʻrganish uchun hech qachon erta yoki kech boʻlmaydi. Kimdir 6 yoshida, kimdir 60 yoshida bu natijaga erishishi mumkin.

Muvaffaqiyatga erishish faqat oʻz qoʻlingizda!

+998 91 191 40 40

Adminga yozish

Veb sahifamizga tashrif buyuring!

Telegram | Instagram | Facebook