Get Mystery Box with random crypto!

​​Yoshlar Forumi boshlanmoqda Yurtimiz yoshlari uchun oʻzig | eurosoft.uz | Rasmiy kanali

​​Yoshlar Forumi boshlanmoqda

Yurtimiz yoshlari uchun oʻziga xos katta tantana boshlanish arafasida. Bu loyiha ishga tushganidan buyon koʻplab ijtimoiy muammolarga yechim berib kelmoqda. Loyihaning davlat rahbari tomonidan ham qoʻllab-quvvatlanayotgani minglab yoshlarga shijoat va gʻayrat bagʻishlayotgani shubhasiz.

Forumning maqsadi yoshlarning gʻoya va takliflarini eshitish va ularni amaliyotga tatbiq etish, millat qahramonlarini kashf etish, ularning ilmiy va ijodiy takliflarini qoʻllab quvvatlash va mamlakat rivojiga hissa qoʻshishdan iborat.

Darvoqe, yoshlarforumi.uz sayti orqali takliflar qabul qilish jarayoni ildamlik bilan davom etmoqda. Forum boshlanishiga 11 kun qoldi. Demak, sizda ham Prezidentga taklif yuborish imkoniyati mavjud.

Yurtimiz rivoji uchun hissa qoʻsha oladigan ushbu loyihada “Eurosoft” jamoasi ham oʻz hissasini qoʻshayotganidan mamnun. Loyihani tashkil etishda mehnati singgan barchaga, xususan, “Yoshlar ishlari agentligi” jamoasiga tashakkur bildiramiz.

+998 91 191 40 40

Adminga yozish

Veb sahifamizga tashrif buyuring!

Telegram | Instagram | Facebook