Get Mystery Box with random crypto!

​​Dasturchilar dam olish kunini qanday oʻtkazishadi? Zamonavi | eurosoft.uz | Rasmiy kanali

​​Dasturchilar dam olish kunini qanday oʻtkazishadi?

Zamonaviy kasblar orasida eng serdaromad sohalardan biri — dasturchilik hisoblanadi. Sohaga qiziqayotganlar soni nafaqat jahonda, balki yurtimizda ham koʻpayib bormoqda. Mazkur soha vakillari aniq bir haftalik rejimda ishlaydi, deb ayta olmaymiz. Yaʼni ish soati chegaralanmagan.

Bu soha vakillari baʼzan dam olishni ham unutib qoʻyishadi. Biroq barcha ish oʻz vaqtida boʻlgani yaxshi. Demak, oldimizda dasturchilar qanday dam olishlari kerak, degan savolga javob izlaymiz.
Biz sizga koʻplab mutaxassislarning tavsiyalarini ulashmoqchimiz.

• Oila va doʻstlaringizga vaqt ajrating.
• Kompyutersiz kun.
• Ochiq havoda sayr qilish: piyoda, velosipedda, yugurish.
• Qiziqarli yoki texnologik kitob oʻqish.
• Jurnal, blog yozish.

Koʻrib turganingizdek, oddiy va oson. Bu kabi mashgʻulotlarni davomiy olib borish sizning karyerangiz uzoq va muvaffaqiyatli boʻlishiga zamin yaratadi.

Dasturchi yaqinlaringizga ham ulashib qoʻying!

+998 91 191 40 40

Veb sahifamizga tashrif buyuring!

Telegram | Instagram | Facebook