Get Mystery Box with random crypto!

​​ERM haqida eshitganmisiz? Korxona xavflarini boshqarish ( | eurosoft.uz | Rasmiy kanali

​​ERM haqida eshitganmisiz?

Korxona xavflarini boshqarish (ERM) - Korxona uchun xavflar keng tushunchadir. U xodimlarning xavfsizligini ta'minlash va maxfiy ma'lumotlarni himoya qilishdan tortib, qonuniy qoidalarga rioya qilish va moliyaviy firibgarlikni to'xtatishgacha bo'lgan tashvishlarni qamrab olishi mumkin.

Shu ma'noda, mazkur sistema ikkita vazifani bajaradi: korxonani zarardan himoya qilish va biznes faoliyatini yaxshilash uchun imkoniyatlar yaratish.

Bu sistema haqida statistika nima deydi?

2012-yilda kompaniyalarning atigi 9 foizi to'liq ERM sistemaga ega ekanligiga da'vo qilingan. Bugungi kunda bu ko'rsatkich 31 foizni tashkil etmoqda. O'zgarishlar katta bo'lishiga qaramay ko'plab korxonalar bu sistemani joriy etish bo'yicha hali hanuz qadam tashlagani yo'q. Keltirilgan raqamlar shuni ko'rsatadiki, to'g'ri ERM sistema tashkil etgan korxonalar pandemiya davrida ham ko'plab yo'qotishlardan qutilib qolgan.

Albatta oldindan keladigan xavfni hech kim va hech qachon sizga aytib bera olmaydi. Ammo, shunday ehtimoliy xavflar mavjudki, ularga tayyor turish juda muhim. Aynan shunda sizga mazkur jarayon yordam bera oladi.

Agar sizga bu qiziq bo'lsa, telefon raqamimizga murojaat qilaverasiz.

+998 91 191 40 40

Veb sahifamizga tashrif buyuring!

Telegram | Instagram | Facebook