Get Mystery Box with random crypto!

INGLIZ TILI | ENGLISH TESTS | IELTS

Telegram kanalining logotibi english_tests_ingliz_tili_ielts — INGLIZ TILI | ENGLISH TESTS | IELTS I
Telegram kanalining logotibi english_tests_ingliz_tili_ielts — INGLIZ TILI | ENGLISH TESTS | IELTS
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 31.00K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Biz bilan ingliz tilini boshlang'ich bosqichdan boshlab o'rganing.
Sahifamiz orqali Alloh qodir qilganicha ingliz tiliga oid darslarni berib boramiz.
Murojat : @Baxodir_Farxodovich
Reklama xizmati: @rek_info

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 91

2021-05-28 17:16:01
Hozirgi tugallanmagan davomiy zamon (Part 2)
Abituriyentlar uchun maxsus

@english_tests_ingliz_tili_ielts
2.6K views𝓑.𝓕, 14:16
Ochish/sharhlash
2021-05-28 14:17:44
Little va Few:

Little va Few ozgina deb tarjima qilinadi, ammo ular turlicha qo'llaniladi.

Biz hisoblashimiz mumkin bo'lgan narsalar bilan few qo'llaniladi. Masalan: odamlar - people, stullar - tables, gullar - flowers va hk.

Misol:
Few politicians admit their mistakes.
Kam sonli siyosatchilar xatolarini tan olishadi.

Sanab bo'lmaydigan narsalar bilan esa little keladi. Masalan: vaqt - time, pul - money, suv - water, erkinlik - freedom va hk.

This flower gets little sunshine.
Ushbu gul ozgina quyosh nurini oladi.

She spends little time with her family.
U ozgina vaqtni oilasi bilan o'tkazadi.

@english_tests_ingliz_tili_ielts
3.2K views_, 11:17
Ochish/sharhlash
2021-05-28 13:31:04
O'zbekistonning 6 kunlik prezidenti kim?
2.7K views𝐍𝐔𝐑𝐒𝐔𝐋𝐓𝐎𝐍 , 10:31
Ochish/sharhlash
2021-05-28 11:57:28
4000 Essential English Words:

#book_2_unit 6

abroad - xorij, chet
anger - jahlini chiqarmoq
bride - kelinchak
brief - qisqa
chase - quvlamoq
disappoint - hafa qilmoq
dive - suvga sakramoq
exchange - ayriboshlamoq
favor - yordam
fee - to'lov, badal
forever - abadiy
guy - erkak kishi
lovely - yoqimli, go'zal
mood - kayfiyat
palace - qasr, saroy
permit - ruxsat bermoq
protest - norozilik bildirmoq
sclupture - haykal
tribe - qabila
youth - yoshlik payt

@english_tests_ingliz_tili_ielts
3.3K views_, 08:57
Ochish/sharhlash
2021-05-27 18:00:41
Second Conditional - Ikkinchi toifadagi shart ergash gaplar:

Hozirgi yoki kelajak zamonda haqiqatga toʻg'ri kelmaydigan, hayoliy vaziyatlar va ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi.

Odatiy qurilmasi:

IF + Past Simple Tense, EGA + would/should+V1 (oddiy o'tgan kelasi zamon)

If we had more money, we would buy a BMW. ( Pulimiz ko'proq bo'lganida, BMW sotib olgan bo'lardik )

Yuqoridagi gaplarda if qatnashgan gap tarkibida hozirgi zamon payt ravishlari (now/at the moment/every day) boʻlsa ham, noreal vaziyat boʻlgani uchun oʻtgan zamon qoʻllaniladi.

If he were here now, he would show us the city.

Bundan tashqari, mazkur if qatnashgan gap turida I/he/she/it shaxslari va birlikdagi ega bilan to be fe'lining were shakli qoʻllanilgani ma'qul.

If I were you, I wouldn't do that.

@english_tests_ingliz_tili_ielts
4.3K views_, 15:00
Ochish/sharhlash
2021-05-27 16:19:02
Hozirgi tugallanmagan davomiy zamon (Part 2)
Abituriyentlar uchun maxsus

@english_tests_ingliz_tili_ielts
3.4K views_, 13:19
Ochish/sharhlash
2021-05-27 16:02:00
First Conditional - Birinchi toifadagi shart ergash gaplar:

Mazkur turdagi gaplar if qatnashgan gap tarkibidagi shart amalga oshsa, kelajakda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi.

Odatiy qurilmasi:

IF + Present Simple Tense, EGA + will/shall+V1 (oddiy kelasi zamon)

If he passes his exam, he will get a place at university. ( Agar u imtihondan oʻtsa, universitetga qabul qilinadi.)

Umumiy qoidaga ko'ra, mazkur toifadagi ergash shart gaplarda hozirgi zamonlardan xohlagan biri qo'llanishi mumkin, asosiy gapda esa xohlagan kelajakni bildiruvchi zamon yoki modal fe'llar bo'lishi mumkin.

If you have finished your homework, you may go home. (Agar uy vazifasini tugatgan boʻlsangiz, uyga ketishingiz mumkin.)

Shuningdek, mazkur toifadagi shart ergash gaplarda hokim gap buyruq gap shaklida ham bo'lishi mumkin.

If you are ready, get your things and go back home.

@english_tests_ingliz_tili_ielts
3.5K views_, edited  13:02
Ochish/sharhlash
2021-05-27 13:59:02
In va At:

In joy ma'nosida ishlatilganda biror bir insonni yoki narsani holatini yoki kattaroq maydon misol uchun mamlakatlar, qit'alar va katta shaxarlarning ichki qismi tushunilganda ishlatiladi.

I grew up in Namangan.
Men Namangan katta bo'lganman.

At joy ma'nosida ishlatilganda biror bir insonni yoki narsani kichikroq maydonda, qishloqda, shaharchada ekanligini ko'rsatish uchun ishlatiladi.

I'll meet you at the library.
Men sizni kutubxonada kutaman.

At yana atoqli otlar bilan ifodalangan binolar, tashkilotlar va joylarga nisbatan ham ishlatiladi.

I first met her at "Turon" Bank.
Men uni birinchi "Turon" Bankda uchratgan edim.

In vaqtni bildirib kelganda kunning ma'lum bir qismini aytganda ishlatamiz.

I'll see you in the morning, in the evening, in the afternoon.
Men seni ertalab, kechasi, tushda ko'raman

At vaqtni ifodalaganida soatlarga nisbatan ishlatiladi.

My train leaves at 6.30 am.
Meni poyezdim ertalabki 6:30 da jo'naydi.

@english_tests_ingliz_tili_ielts
3.4K views_, 10:59
Ochish/sharhlash
2021-05-27 12:47:51
Personal pronoun - Kishilik olmoshi:

Personal pronouns haqidagi ma'lumotlarni o'rganamiz.

I - men
You - siz, sizlar
We - biz
They - ular
He - u (erkaklar uchun)
She - u (ayollar uchun)
It - u (jonsiz predmet yoki hayvonlar uchun)

Bu olmoshlar gapda ega boʻlib qatnashadi va ish-harakatning bajaruvchisi hisoblanadi. Gap boshida hamma olmoshlar katta harf bilan yoziladi. Gap oʻrtasida esa I olmoshidan tashqari hamma olmoshlar kichik harf bilan yoziladi.

They are going on holiday next week, but we are staying at home.
She was worried about Tom. He might have got lost.

She olmoshi davlat va kemalar (mashina) uchun qoʻllanishi mumkin.

The ship's struck a rock. She is sinking!

Ba'zan insonlar orasida uy hayvonlariga nisbatan he/she olmoshini ishlatilishi ham kuzatiladi. Mazkur holat majoziy obrazlar ishlatilgan ertak va hikoyalarda barcha hayvonlarga ham ishlatilishi mumkin.

Look at the cat! She is drinking the milk.

@english_tests_ingliz_tili_ielts
4.1K views_, 09:47
Ochish/sharhlash