Get Mystery Box with random crypto!

INGLIZ TILI | ENGLISH TESTS | IELTS

Telegram kanalining logotibi english_tests_ingliz_tili_ielts — INGLIZ TILI | ENGLISH TESTS | IELTS I
Telegram kanalining logotibi english_tests_ingliz_tili_ielts — INGLIZ TILI | ENGLISH TESTS | IELTS
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 31.00K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Biz bilan ingliz tilini boshlang'ich bosqichdan boshlab o'rganing.
Sahifamiz orqali Alloh qodir qilganicha ingliz tiliga oid darslarni berib boramiz.
Murojat : @Baxodir_Farxodovich
Reklama xizmati: @rek_info

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 90

2021-07-16 18:00:07
Lie va Lay:

Lie - yotmoq, ag'anamoq (inson yoki hayvonga nisbatan), aldamoq, yolg'on gapirmoq

I have a headache, so I'm going to lie down for a while.
Boshim og'riyapti, shuning uchun biroz yotmoqchiman.


Yana bu fe'lning lying, lay, has/have lain shakllari ham mavjud:

The dog has lain in the shade all day yesterday.
Kecha it kun bo'yi soyada yotdi.

Lay - narsani yotqizish, qo'ymoq, joylamoq

Lay down that shotgun, Pappy!
Qo'y o'sha miltiqni, Peppy!

@English_tests_Ingliz_tili_Ielts
11.7K views𝓑.𝓕, 15:00
Ochish/sharhlash
2021-07-16 09:33:34
Lose va Loose:

Lose - fe'l, yo'qotmoq, mahrum bo'lmoq

Mom glared at Mikey. "If you lose that new lunchbox, don't even think of coming home!"
Onasi Mikkeyga g'azab bilan qarab dedi: " Agar tushlik idishingni yo'qotgan bo'lsang, uyga qaytishni xayolinga ham keltirma!"

Loose - sifat, bo'sh, bog'lanmagan, mustahkam emas

The burglar's pants were so loose that he was sure to lose the race with the cop chasing him.
O'g'rining shimi shunchalik shalviragan ediki, politsiya uni ta'qib qilganda unga yetib olishi aniq edi.

@English_tests_Ingliz_tili_Ielts
15.2K views𝓑.𝓕, 06:33
Ochish/sharhlash
2021-07-16 09:30:23
Yuqoridagi rasmda qaysi davlat bayrogʻi tasvirlangan
20.2K viewsСоздай загадку! Бесплатный бот для проверки на подписку, 06:30
Ochish/sharhlash
2021-07-16 07:50:01 40 - Dars: May va might modal fe'llarining hozirgi zamon uchun ishlatilishi

Bu modal fe'llar hozirgi zamonda ish-harakat sodir boʻlishi ehtimolligini bildirib keladi. Zamonaviy ingliz tilida may va might modal fe’llari hozirgi zamonda bir xil qoʻllaniladi.
Tim may be at home today. (Tim bugun uyida bo'lishi mumkin)
Tim might be at home today. (Tim bugun uyida bo'lishi mumkin)

Qo'llanish shakli:
Positive form: Ega + may/might+ infinitive (V1).
Negative form: Ega + may/might not + infinitive (V1).
Question form: May/Might + ega+ infinitive (V1)?

Misollar:
She may know the answer to this question. (U savolga javobni bilishi mumkin)
They mightn't be at school. (Ular maktabda bo'lmasligi mumkin)
May she be in the kitchen? (U oshxonadamikan?)

may/might be+Ving hozirgi zamonda davom etayotgan ish-harakatlar uchun ham ehtimollikni bildirish uchun qoʻllana oladi.
Tim may be having a shower now. (Tim hozir dush qabul qilayotgandir)
Shsh ... ! They might be listening to our conversation.

Yuqoridagi misollarda may/might modal fe'llari deyarli bir ma'no anglatadi, faqat might modal fe'li may modal fe'liga qaraganda ehtimollik kamligini bildiradi.

Koʻpgina darsliklarda might modal fe'li may modal fe'lining oʻtgan zamon shakli sifatida qoʻllanilishi keltirib oʻtilgan, bu qoida DTMning oʻzlashtirma gap mavzusiga oid testlarni yechishda ham qoʻl keladi.
She said I may come to the party. She said that she might come to the party.

Bundan tashqari haqiqatdan yiroq (hayoliy) vaziyatlarda ham might modal fe'lini qoʻllash ma'qul.
If I lost my job, I might go abroad. (Ishsiz qolsam, chet elga ketardim)

might modal soʻzi hozirgi va oʻtgan zamonda birovni tanqid qilish, koyish uchun ham qoʻllana oladi.
You might look after the child. She's ill. (Bolaga qara axir! U kasal.)
You might have told me about that!!!

may modal fe'li tilak va istaklarni bildirishda ham qoʻllaniladi. Bunday vaziyatda u gap boshida keladi.
May God be with you. (Xudo sizga yor boʻlsin)

Hozirgi zamonda ehtimollikni bildirish uchun could modal fe'li ham qoʻllaniladi. Bunday vaziyatlarda could may/mightga qaraganda kam ehtimolni bildiradi. Misol:
A: Where is Jack?
B: I am not sure. He could be in his office, I suppose, but he's not usually there at this time.

@English_tests_Ingliz_tili_Ielts
14.9K views𝓑.𝓕, 04:50
Ochish/sharhlash