Get Mystery Box with random crypto!

INGLIZ TILI | ENGLISH TESTS | IELTS

Telegram kanalining logotibi english_tests_ingliz_tili_ielts — INGLIZ TILI | ENGLISH TESTS | IELTS I
Telegram kanalining logotibi english_tests_ingliz_tili_ielts — INGLIZ TILI | ENGLISH TESTS | IELTS
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 31.00K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Biz bilan ingliz tilini boshlang'ich bosqichdan boshlab o'rganing.
Sahifamiz orqali Alloh qodir qilganicha ingliz tiliga oid darslarni berib boramiz.
Murojat : @Baxodir_Farxodovich
Reklama xizmati: @rek_info

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 88

2021-07-24 18:02:02
4000 Essential English Words:

#book_2_unit 24

bath - vanna
bend - bukmoq
chew - chaynamoq
disabled - nogiron
fantastic - ajoyib
fiction - fantastik asar
flag - bayroq
inspect - tekshirmoq
journal - jurnal
liquid - suyuqlik
marvel - hayron qolmoq
nutrient - ozuqa
overcome - ustun kelmoq
recall - eslamoq
regret - afsuslanmoq
soul - ruh
sufficient - yetarli
surgery - jarrohlik
tough - qiyin
tube - quvur


➠@English_tests_Ingliz_tili_Ielts
7.4K views𝓑.𝓕, 15:02
Ochish/sharhlash
2021-07-24 10:26:42 45 - Dars: need fe'lining modal fe'l sifatida qo'llanishi

need fe'li -ish zarur, -ish kerak degan ma'nolarda qoʻllaniladi. Bu fe'lning oʻziga xosligi shundaki, bu fe'l ham modal, ham oddiy fe'l sifatida qoʻllana oladi.
Hozirgi zamonda fe'l sifatida qoʻllanilganda need fe'li quyidagicha tuslanadi.
Positive form
I/we/you/they need to+V1
He/she/it needs to+V1

Negative form
I/we/you/they don't need to+V1
He/she/it doesn't need to+V1

Question form
Do I/we/you/they need to+V1?
Does he/she/it need to+V1?

I need to run every morning, I am getting overweight. (Men har kuni ertalab yugurishim kerak. Men semirib ketyapman.)
She needs to study hard, if she wants to get a good grade.
We don't need to buy another sofa, this one is enough. (Biz yana bir divan sotib olishimiz shart emas, mana shu biri yetadi)
She doesn't need to cook because her mother always does it.

need fe'lining modal fe'l sifatida qoʻllanishi zamonaviy ingliz tilida faqat inkor shaklida saqlanib qolgan. Bunday vaziyatda needn't+V1 qurilmasi qoʻllaniladi va kerak emas, shart emas degan ma'nolarni anglatadi va hamma shaxslarda tuslanmaydi.
You needn't do the shopping today. We have enough at home.

Yuqoridagi qurilmalardan shuni xulosa qilsak boʻladiki, need fe'li darak gaplarda qilish lozim, kerak degan ma'nolarda biror ish qilish lozimligi, kerakligini bildirib keladi. Inkor gaplarda bunday majburiyat yoʻqoladi va shart emas, kerak emas degan ma'noda ishlatiladi. need fe'li modal fe'l sifatida qoʻllanilganda asosiy fe'l oldidan to qoʻllanilmaydi.
You need to change your clothes. They are rather dirty. (oʻzgartirishingiz lozim…)
You don't need to answer all the questions. There are some optional ones. (javob berishingiz shart emas…)
I needn't do this exercise, it isn't very important. (bajarish shart emas…)

Yuqoridagi ma'noda don't need to/doesn't need to/needn't qurilmalari ma'nosi don't have to/doesn't have to qurilmasi bilan bir xil hisoblanadi:
You don't need to answer all the questions. You don't have to answer all the questions.

must modal fe'li yordamida savol berilganda javoblar qanday boʻlishiga e'tibor bering.
Must I do the exercises now?
Yes, you must. (shart)
No, you needn't. (shart emas)

@English_tests_Ingliz_tili_Ielts
8.0K views𝓑.𝓕, 07:26
Ochish/sharhlash
2021-07-23 16:01:12
4000 Essential English Words:

#book_2_unit 23

alike - o'xshash
annoy - ochchiqlantirmoq
architecture - arxitektura
artificial - sun'iy
chain - zanjir
distinct - farqli
distinguish - farqlamoq
dust - chang
excitement - hursandchilik
heal - tuzalmoq
inherit - meros qilmoq
manner - o'zini tutish
mount - ko'paymoq
roof - tom
shortage - tanqislik
solid - qattiqlik
stock - zaxira
substance - modda
tomb - qabr
wound - jarohat, yara


➠@English_tests_Ingliz_tili_Ielts
4.6K views𝓑.𝓕, edited  13:01
Ochish/sharhlash
2021-07-23 15:59:32
KERAKLI INTERNET PAKETLARNI TANLANG VA SAQLAB OLING!

Yangi oy uchun paketlarni harid qiling va mavjud paketlaringizni muddatini uzaytiring
Katta hajmdagi paketni 30 kunda tugata olmasangiz qayta istalgan paketni harid qiling va muddatingiz takror 1 oyga cho‘ziladi.
Ushbu kodlar O'zbekistonning barcha hududlarida amal qiladi!
Eslatma: Hisobingizda to'plam narxidan kamida 1000 so'm ko'proq bo'lishi kerak.

Mobil USSD yordamchi dasturni o'rnatib oling va bonuslarga ega bo'ling.

Telegramdan yuklab olish

Google Playdan yuklab olish

Yangiliklarimiz:
@uzmobile_beeline_ucell_mobiuz @tarjimon_uz_bot
4.4K viewsBahodir, 12:59
Ochish/sharhlash
2021-07-23 05:41:07 44 - Dars: Must va have to modal fe'llarining qo'llanishi (II qism)

must modal fe'li majburiyatni bildirish uchun faqat hozirgi zamonda qoʻllaniladi.
She must see the doctor today.

Boshqa zamonlarda esa have to modal fe'lining tuslangan shakllari qoʻllashimiz zarur.
Past simple tense- Ega+had to+V1
Present perfect simple tense - Ega+have/has had to+V1
Past perfect simple tense - Ega+had had to+V1
Future simple tense - Ega+ will have to+V1
Present continuous tense - Ega+am/is/are having to+V1

Misollar:
She had to see the doctor yesterday. (U doctor bilan koʻrishishga majbur boʻldi/toʻg'ri keldi)
She will have to see the doctor tomorrow.
She has had to see the doctor for a few times in the past three weeks.
She had had to see the doctor before she had an operation.
She is having to do a lot of work these days.

have to modal fe'li boshqa modal fe'llardan keyin ham qoʻllanila oladi. Masalan: may/might modal fe'llaridan keyin.
She may have to see the doctor.

Boʻlishsiz shaklda qoʻllanilganda mustn't+V1 va don't/doesn't have to +V1 hozirgi zamonda bir-biridan umuman farq qiladi.
mustn't+V1 qurilmasi -maslik shart degan ma'noni, ya'ni taqiqni bildiradi.
You mustn't walk on the grass. (Maysa ustida yurish mumkin emas/taqiqlangan)
You mustn't shout in the library.

mustn't+V1 shakli faqat hozirgi zamonda taqiqni bildirgani sababli oʻtgan zamonda taqiqni bildirish uchun turli xil boshqa fe'llardan foydalaniladi. Masalan:
You weren't allowed to enter the building. (allow fe'li)
It was forbidden for you to enter the building. (forbid fe'li)

don't/doesn't have to +V1 qurilmasi 'shart emas, qilmasa ham boʻladi 'degan ma'nolarni, ya'ni biror ish-harakat qilish majburiy emasligini anglatadi.
It's Sunday tomorrow. I don't have to get up early. (Ertaga yakshanba. Men erta turishim shart emas.)
You don't have to shout. I can hear you well.

Oʻtgan zamonda have to modal fe'li boʻlishsiz gaplarda didn't have to shaklini oladi va 'shart emas edi qilmasa ham boʻlardi ' degan ma'nolarni anglatadi.
I didn't have to get up early, it was Sunday. (Erta turishim shart emas edi, yakshanba kuni edi.)
I managed to do a lot of work yesterday because I didn't have to cook.

must modal soʻzi ba'zan kuchli maslahat berish (strong recommendation) ma'nosida ham qoʻllaniladi.
She is a very nice person. You must meet her.

have to modal fe'li oʻrniga hozirgi zamonda have/has got to shaklida ham qoʻllaniladi. Bunday qurilmani og'zaki nutqda koʻp uchratamiz va odatda bir martalik ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi.
I have got to take a taxi today. There is no bus and I am going to be late.

@English_tests_Ingliz_tili_Ielts
7.1K views𝓑.𝓕, 02:41
Ochish/sharhlash
2021-07-19 16:01:03
Talabalarning tayyorlanish jarayonidagi eng katta XATOSI bu qayta qayta takrorlashdir!
#dovranbekturdiyev

Chet tili so'zlarini yodlashda qiyinchilik bo'lmoqdami?
Fanlardan tayyorlanishga vaqtingiz ko'p va samarasiz ketmoqdami?
Qayta qayta takrorlash joningizga tegdimi?
______________________________________

Unday bo'lsa bu Online Trening siz uchun
1-avgust kuni start beriladigan ONLINE TRENINGGA sizlarni taklif qilamiz
________________________________

Trening hozirgi narxi 497 000 so'm

Faqat siz uchun : Agar siz SIZNI KIM TAKLIF QILDI degan joyga SAIDA deb yozsangiz sizga 10 % chegirma asosida 497 000 so'm emas - 447 300 so'm qilib beriladi

Trening bo'yicha batafsil malumotlar va ro'yhatdan o'tish uchun :
supermiya.uz saytiga kiring

Savollar bo'yicha @Alhamdulillah_9911
====================================

Kanalga ulanish uchun:
@supermiya007
14.2K viewsEnglish Ads, 13:01
Ochish/sharhlash
2021-07-19 06:28:34 43 - Dars: Must va have to modal fe'llarining qo'llanishi (I qism)

must va have to modal fe'llari biror ish qilish kerakligi, majburiyligini bildiradi, ammo ularning qoʻllanishida bir nechta farq bor.

must modal fe'li sof modal fe'l sifatida qoʻllanilsa, have to oddiy fe'l sifatida qoʻllaniladi, ya'ni zamonlarga, shaxsga qarab moslashadi. Bu farqlarni birma bir koʻrib chiqamiz.
must modal fe'li hozirgi zamonda hamma shaxs uchun bir xil shaklda qoʻllaniladi.
She must see the doctor yoki you must see the doctor.

have to hozirgi zamonda shaxsga qarab tuslanadi.
I/you/we/they have to+V1
He/she/it has to +V1
I have to see the doctor.
She has to see the doctor.

must modal fe'li ish-harakat bajarilishi shart ekanligini shaxsiy fikrga bog'laydi, ya'ni kimdir shu ishni qilishga majbur ekanligi inson tomonidan belgilanadi. (subyektiv majburiyat)
I haven't phoned Ann for ages. I must phone her tonight. (Men Annaga koʻp vaqtdan beri telefon qilmadim. Bugun kechqurun unga telefon qilishim kerak....Muallif oʻzi majburiyatni his qilayapti.)
You must do what you are told, don't complain. (buyruq)
She's a really nice person. You must meet her. (Kuchli maslahat … U juda yaxshi inson. U bilan koʻrishishing kerak.)
have to modal fe'li ish-harakat bajarilishi shart ekanligini faktga bog'laydi, ya'ni tashqi vaziyat biror ish qilishga bizni majbur qiladi. (obyektiv majburiyat)
He has poor eyesight. He has to wear glasses. (Uning koʻzi yaxshi koʻrmaydi, u koʻzoynak taqishga majbur…. Koʻzoynak taqish kerakligi obyektiv majburiyat)
In Britian children have to go to school at the age of five.
George can't come out with us this evening. He has to work.

Soʻroq gaplarni hosil qilishda must modal fe'lining oʻzi qatnashadi va egadan oldinga chiqadi.
Must you leave now? (Hozir ketishingiz shartmi?)
Must he return the book?
have to modal fe'lining soʻroq shakllari hozirgi zamonda do/does va oʻtgan zamonda did yordamchi fe'llari bilan yasaladi.
Do you have to go now? (Siz hozir ketishingiz shartmi?)
Does he have to wear glasses?
Did you have to get up early yesterday?

@English_tests_Ingliz_tili_Ielts
16.5K views𝓑.𝓕, 03:28
Ochish/sharhlash