Get Mystery Box with random crypto!

Ham faxrim, ham borim Ko'kdalam, Go'zal chamanzorim Ko'kdalam. | 🇺🇿 Elyor NAZAROV She'rlari ✍️

Ham faxrim, ham borim Ko'kdalam,
Go'zal chamanzorim Ko'kdalam.
Kindik qonim to'kilgan zamin,
Mening shahrim, shonim Ko'kdalam.

Keldi, uzoq kutilgan damlar,
Orzu o'ylar ro'yobin topdi.
Ko'rib bunday o'zgarishlarni,
Yuraklarda shukrona ortdi.

Yurtboshimiz e'tiboridan,
Shodliklarga to'ldi Ko'kdala.
Do'stlar yangi O'zbekistonga,
Bitta gavhar bo'ldi Ko'kdala.

G'urur berar, ko'ngilga biram,
Dehqonlarim ekkan rizq ro'zlar.
Mashhur hatto Amerikada ham,
Ko'kdalamda pishgan tarvuzlar!

Avliyolar ungan tuproq bu,
Har farzandi yurtga fidokor.
Chiqqan, ko'plab chempion yoshlar,
Qancha olim, qancha shifokor.

Chiroy ochdi bugun Ko'kdala,
Har maskani, obod va shinam.
To'ylarining fayzi boshqadir,
Tinch Vatanda har kuni bayram!

Navqiron yurt bag'rida albat,
Bizni kutar ulug' kelajak!
Ko'kdalamning har bir farzandi,
O'zbegimga qanot bo'lajak!

Elyor NAZAROV

T.me/Elyor_NAZAROV_sherlari