Get Mystery Box with random crypto!

Premyera < KETASAN > Elyor NAZAROV she'ri Halimjon Al | 🇺🇿 Elyor NAZAROV She'rlari ✍️

Premyera

< KETASAN >

Elyor NAZAROV she'ri

Halimjon Aliyev musiqasi

G'ayratbek Hamroqulov

Diyor Halil ijrosi

Yo'ling kutar ko'nglim bekati,
Yuragimga to'xtab o'tasan.
Bebahodir husning ne'mati,
To'lin oyga o'xshab ketasan.

Sevgim aytsam, dilimni ochib,
Roz qilmaysan, nozlarni sochib,
O'ngimdaku berkinib qochib,
Faqat tushda yo'qlab ketasan.

Axir, zorman vaslinga yillab,
Bor shodlikni o'zinga tilab,
Sen orzuyim armonga belab,
Qalbga g'amni to'shab ketasan.

Tutqich bermay shamol singari,
Qay manzilni ko'zlab ketasan?
Men gapirsam agar sevgidan,
Sen hijrondan so'zlab ketasan.

Mehr olsa dunyoni qamrab,
Shodlik kuyi tinmasa yangrab,
Muhabbatim sofligin anglab,
Hali ishqim xushlab ketasan.

Elyor yashar, she'r bo'lib omon,
Intiq etma, ey qoshi kamon,
Ishonaman bir kun baxt tomon,
Qo'llarimdan ushlab ketasan .

Yo'ling kutar ko'nglim bekati,
Yuragimga to'xtab o'tasan.
Bebahodir husning ne'mati,
To'lin oyga o'xshab ketasan.

Elyor NAZAROV

T.me/Elyor_NAZAROV_sherlari