Get Mystery Box with random crypto!

Eltuz portali

Telegram kanalining logotibi eltuzportali — Eltuz portali E
Telegram kanalining logotibi eltuzportali — Eltuz portali
Kanal manzili: @eltuzportali
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.64K
Kanalning ta’rifi

Shikoyat va arizangiz bo‘lsa, qisqa qilib tushuntiring. Faktlar, hujjatlar, audio va videolarni yo‘llang. Shaxsingizni hech qachon oshkor etmaymiz.
Murojaat uchun: @eltuzportali_bot
Elektron manzil: eltuzportali@gmail.com

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-30 16:15:31
EN: Toshkentda mashinalarning eshigiga kodli qulf osib, haydovchilardan pul talab qilgan 29 yoshli yigit ushlandi.

Ushbu harakatlarni sodir etganlikda gumondor 29 yoshli Muxriddin A. ushlandi. Xolislar ishtirokida uning yonidan 2 dona kodli qulflar topilib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Suhbat davomida u internetda shunday “pul ishlash” usulini ko‘rib, undan foydalanishga qaror qilganligini aytdi. Rejaga ko‘ra, u qulfni avtomashina eshigining ushlagichiga osib, haydovchiga qulfni ochish uchun kod raqamini sotib olish taklifi yozilgan xat qoldirgan. Ko‘rsatilgan hisob raqamiga pul mablag‘lari kelib tushgandan so‘ng, qulf kodini yuborishi kerak bo‘lgan.

@eltuzportali - muammolar yechimi!
12.8K views13:15
Ochish/sharhlash
2022-08-30 15:02:05
EP:“Yog‘ingarchilik boshlangunicha yo‘limiz ta’mirlanarmikan?”

“Toshkent viloyati Qibray tumani Yonariq MFYdan murojaat qilmoqdamiz. Har yili bahorda hech bo‘lmasa avtomobil yo‘lidagi chuqurlarni yamab ketishardi, shu bilan kelasi yil bahorgacha amallab turardik. Lekin bu yil yo‘lga e’tibor qaratilmadi. Bu yog‘i yog‘ingarchilik fasli yaqinlashyapti. Yog‘ingarchilik boshlangunicha yo‘limizni tegishli tashkilotlar sozlab bersa yaxshi bo‘lardi”.

@eltuzportali - muammolar yechimi!
828 views12:02
Ochish/sharhlash
2022-08-30 14:01:12
EP: “Lasetti” avtomashinasi vaqtida yetkazilmayapti. Vaholanki, puli 100 foiz avvaldan to‘langan”

Men – Ibrohimjon Husanov, Andijon tumanidan murojaat yubormoqdaman. 2022 yil 24 mart kuni Andijon avtotexxizmat avtosalonidan “Lasetti” avtomashinasini xarid qilish uchun shartnoma imzoladim va o‘sha kunning o‘zida yuz foiz (153 506 000 so‘m, o‘sha paytda dollar kursi bo‘yicha 13500) to‘lovni amalga oshirdim. Shartnomaga ko‘ra menga joriy yilning 31 avgustiga qadar avtomashina yetkazib berilishi kerak edi. Afsuski, mana, belgilangan muddat kelib qolganiga qaramay, avtomashina yetkazib berilmayapti. Men yana qo‘shimcha 120 kun muddat kutib turishim kerak ekan! Sababi, men o‘tgan yilda ham xuddi shunday rusumdagi avtomashinadan xarid qilganim bois “Filtr” degan tizimga kiritib qo‘yilibman. Bir yilda bir marta mashina xarid qilishga haqim yo‘qmi?”

@eltuzportali - muammolar yechimi!
853 views11:01
Ochish/sharhlash
2022-08-30 13:01:11
EP: “Toza suvda mashina yuvilyapti, aholi esa kanal suvini ichyapti”

“Surxondaryo viloyati Sariosiyo tuman Dashnobod qishlog‘idan murojaat yo‘llayapmiz. Qishlog‘imizga bir paytlar artezian qudug‘idan nasos va quvur orqali toza ichimlik suv keltirilgan edi. Bir necha yil davomida kranlardan toza suv chiqib turdi. Ammo keyin Dashnobod fermerlar uyushmasi raisining buyrug‘i bilan quvur arteziandan uzib tashlandi. Quvurga kanaldan keladigan oqova suv ulab qo‘yildi. Kanal suvini toza deb bo‘lmaydi, gohida juda loyqa oqadi. Toza suv chiqadigan artezian qudug‘i esa fermerning shaxsiy avtomoykasi uchun xizmat qilmoqda. Xullas, toza suvda mashina yuvilib, biz loyqa suvni ichyapmiz. Iltimos, qishloq aholisini avvalgiday artezian toza suviga ulab berishsin”.

@eltuzportali - muammolar yechimi!
799 views10:01
Ochish/sharhlash
2022-08-26 06:00:10
EP: “Tuman rahbarining yaqinlari sholisiga suv berib, biz fermerlarga berishmayapti”

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumanidan murojaat yo‘llayapmiz. Tuman rahbarining yaqinlari Erkindaryo OFYdagi yerlarda sholi ekadi. Ularga unumdor yerlar ajratilgan. Ularga suv berib, biz fermerlarga suv berilmayapti. Qolgan fermerlarga ham birdek imkoniyat yaratilishini so‘raymiz. Faqat amaldorga tegishli yerga suv berib, qolganlarga bermaslik to‘g‘ri emas-da...”

@eltuzportali - muammolar yechimi!
171 views03:00
Ochish/sharhlash
2022-08-25 12:24:02
EP: Toshkentda mashinalar eshigiga qulf osib ketishmoqda.

"Pul ishlashning yangi yo‘lini o‘ylab topishibdi. Yoki taklifni qabul qilasiz, yoki qulfni eshigingizga osib ketishadi. Mashinani qulfini ochish uchun plastik raqamiga pul tashlash kerak ekan"

@eltuzportali - muammolar yechimi!
12.6K views09:24
Ochish/sharhlash
2022-08-25 10:53:20
EP: Yangi O'zbekistonning xaroba maktablari. Mas'ullar ko'z yummoqda.

"G'ijduvon tumanining chekka hududi hisoblangan Suxor MFY.dagi 39-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi avariya holatga kelgan.

2021-2022 o'quv yili tugagandan so'ng hech qanday ta'mirlash ishlari amalga oshirilmadi. Oqibatda esa o'quvchilar isitish tizimiga ega bo'lmagan, pol qismi yaroqsiz bo'lgan xonalarda o'qiyapti. Tuman xalq ta'limi bo'limi va hokim o'rinbosariga ota-onalar bir necha marotaba murojaat qildik, biroq "open byudjet" ga qo'ydik deb bahona qilyapti.

Iltimos maktabimizni ta'mirlashga yordam beringlar."

@eltuzportali - muammolar yechimi!
782 views07:53
Ochish/sharhlash
2022-08-25 09:11:02
EP: Piyodalar yo'lakchasi biznes maydoniga aylantirildi.

"Xorazm viloyati Yangibozor tuman shifoxonasi atrofidagi piyodalar yo'lakchasining o'rtasiga somsani pishirib sotish uchun tandir qo'yilgan.

Axir bu g'alatiyu, bu yerdan piyodar o'tishi kerakmasmi? Qizig'i hech qaysi ma'sullar chora ko'rmayapti. Soqqasini olib qo'yishgan shekilli
"

@eltuzportali - muammolar yechimi!
11.7K views06:11
Ochish/sharhlash
2022-08-25 09:11:02
EP: Jarqo'rg'ondan kelgan maktub....

"Jarqo'rg‘on tumani Mustaqillik ko'chasidagi veloyo'lakchaning ahvoli! Jarqo‘rg‘onda nahotki bilimli mutahassis qolmagan ?"

@eltuzportali - muammolar yechimi!
650 views06:11
Ochish/sharhlash
2022-08-25 08:10:08
EP: “Greenwich” ko‘p qavatli uyi qurilishida ishlab, haqimizni to‘liq ololmayapmiz”

“Biz Jizzaxdan Toshkentga ishlash maqsadida kelganmiz. Yanvar oyidan Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan “Golden House”ga qarashli “Greenwich” ko‘p qavatli uyi qurilishida ishladik. Bizga yuklangan ishni bitirdik, ammo “Davlatov Industries” firmasi haqimizni bermay sarson qilyapti. “Golden House” vakili “Davlatov Industries” firmasiga mablag‘ni o‘tkazib berganman deydi, firma pul hali o‘tmagan deb bahona qiladi. Biz ulardan sadaqa emas, halol haqimizni so‘rayapmiz. Har bir ishchining ro‘zg‘ori bor, axir!
Vaholanki, bugungi kunda “Golden House” tomonidan qurilayotgan uylar boshqa kompaniyalar uylariga nisbatan qimmat narxda sotiladi. Qolaversa, har bir xonadon uchun mijozlar qurilish tugamasdan yuz foiz pul to‘laydi. Shunday ekan, nega bizning haqimizni berishni paysalga solishyapti?
Biz noiloj hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilyapmiz. Amaliy ko‘mak berishingizni iltimos qilamiz”.

@eltuzportali - muammolar yechimi!
769 views05:10
Ochish/sharhlash