Get Mystery Box with random crypto!

EP: “Lasetti” avtomashinasi vaqtida yetkazilmayapti. Vaholanki | Eltuz portali

EP: “Lasetti” avtomashinasi vaqtida yetkazilmayapti. Vaholanki, puli 100 foiz avvaldan to‘langan”

Men – Ibrohimjon Husanov, Andijon tumanidan murojaat yubormoqdaman. 2022 yil 24 mart kuni Andijon avtotexxizmat avtosalonidan “Lasetti” avtomashinasini xarid qilish uchun shartnoma imzoladim va o‘sha kunning o‘zida yuz foiz (153 506 000 so‘m, o‘sha paytda dollar kursi bo‘yicha 13500) to‘lovni amalga oshirdim. Shartnomaga ko‘ra menga joriy yilning 31 avgustiga qadar avtomashina yetkazib berilishi kerak edi. Afsuski, mana, belgilangan muddat kelib qolganiga qaramay, avtomashina yetkazib berilmayapti. Men yana qo‘shimcha 120 kun muddat kutib turishim kerak ekan! Sababi, men o‘tgan yilda ham xuddi shunday rusumdagi avtomashinadan xarid qilganim bois “Filtr” degan tizimga kiritib qo‘yilibman. Bir yilda bir marta mashina xarid qilishga haqim yo‘qmi?”

@eltuzportali - muammolar yechimi!