Get Mystery Box with random crypto!

EP: “Toza suvda mashina yuvilyapti, aholi esa kanal suvini ich | Eltuz portali

EP: “Toza suvda mashina yuvilyapti, aholi esa kanal suvini ichyapti”

“Surxondaryo viloyati Sariosiyo tuman Dashnobod qishlog‘idan murojaat yo‘llayapmiz. Qishlog‘imizga bir paytlar artezian qudug‘idan nasos va quvur orqali toza ichimlik suv keltirilgan edi. Bir necha yil davomida kranlardan toza suv chiqib turdi. Ammo keyin Dashnobod fermerlar uyushmasi raisining buyrug‘i bilan quvur arteziandan uzib tashlandi. Quvurga kanaldan keladigan oqova suv ulab qo‘yildi. Kanal suvini toza deb bo‘lmaydi, gohida juda loyqa oqadi. Toza suv chiqadigan artezian qudug‘i esa fermerning shaxsiy avtomoykasi uchun xizmat qilmoqda. Xullas, toza suvda mashina yuvilib, biz loyqa suvni ichyapmiz. Iltimos, qishloq aholisini avvalgiday artezian toza suviga ulab berishsin”.

@eltuzportali - muammolar yechimi!