Get Mystery Box with random crypto!

Xorazm viloyat Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish bos | Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi

Xorazm viloyat Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan oʼtkazilgan ekologik nazorat tadbirlari davomida Hazorasp tumani "Komolat" MFY hududidan oqib oʼtuvchi "Tashsaqa" kanalining oʼng qirgʼogʼi muhofaza hududidan shu mahallada yashovchi fuqaro S.Matkarimov tomonidan noqonuniy qum tuproq aralashmasini qazib olganlik holati aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismi va 82-modda 2-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi bazaviy hisoblash miqdorining 10 barabari 3 mln soʼm miqdorida jarima jazosi qoʼllanildi.

Xorazm viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Matbuot xizmati