Get Mystery Box with random crypto!

Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda 'Xiva shahrida yashovch | Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Xiva shahrida yashovchi fuqaro Zafar Xudayberganovning mevali daraxtlar kesib tashlanayapti" sarlavhasi ostida qilingan murojaat yuzasidan

Xorazm viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Xiva shahar boʼlimi davlat inspektorlari hamda fuqaro Zafar Xudayberganov bilan birgalikda joyiga chiqgan holda oʼrganish ishlari olib borildi.

Oʼrganish davomida mazkur mahalladagi bogʼda har xil kattalikdagi 2 ta mevali daraxtni nomalum shaxslar tomonidan kesib ketilganlik holat aniqlandi.

Aniqlangan holat bo'yicha to'plangan hujjatlar va mevali daraxtlarni kim tomonidan kesib ketilganligini aniqlash maqsadida Xiva shahar IIBga xat yuborildi.

Xorazm viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Matbuot xizmati