Get Mystery Box with random crypto!

Ekologik reyd tadbirlari davomida Xonqa tumanida yashovchi  fu | Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi

Ekologik reyd tadbirlari davomida Xonqa tumanida yashovchi  fuqaroga  4 mln 500 ming so'm jarima belgilandi

Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Xonqa tuman boʼlimi  tomonidan o'tkazilgan reyd tadbirlari davomida fuqaro M.K tomonidan "Obod" mahallasi hududidan oqib o'tuvchi kanal bo'yini qurilish materiallari bilan ko'mib muhofaza etiladigan tabiiy muhit rejimini buzganlik holati aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan fuqaro M.Kga nisbatan MJtKning 82-moddasi 2-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 15 barobarida yaʼni 4 mln 500 ming soʼmdan jarima qo'llandi.

Xorazm viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Matbuot xizmati