Get Mystery Box with random crypto!

AQSh Prezidenti Donald Tramp Meksika ko'rfazi va Atlantika oke | Green Card | Amerikada ishlash | dvlottery

AQSh Prezidenti Donald Tramp Meksika ko'rfazi va Atlantika okeanining ayrim qismlarida neft va gaz burg'ilashni taqiqladi.

Florida shtati qirg’oqlarida burg’ilash ishlarini olib borishga qoyilgan avvalgi taqiq 2022-yilda tugashi kerak edi. Biroq mamlakat rahbari bu muddatni yana 10 yilga uzaytirdi. Shu bilan birga, Jorjiya va Janubiy Karolina shtatlarida ham bundan buyon burg’ilash ishlari olib borilmasligi haqida qaror chiqardi.

Go’zal ko’rfazimizni, okeanimizni muhofaza qilishimiz kerak, deydi Tramp.

Tramp ma'muriyati ilgari AQShdagi 90 foiz qirg'oqlarda neft-gaz burg’ilash ishlarini boshlashni rejalashtirganida, ko’p qarshiliklarga, jumladan respublikachi gubernatorlar tomonidan ham tanqidlarga uchragandi.

Bu shunchaki saylovdan avval floridaliklarni o’z tomoniga og’dirish. Agar Tramp haqiqatdan ham sohillarimizni, tabiatni asrashni istaganida, avvalo, iqlim inqiroziga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirgan bo’lardi, deb aytmoqda ba’zi rasmiylar.

https://t.me/uzbekgreencard