Get Mystery Box with random crypto!

AQSh Markaziy banki bugun o'tkazgan yig'ilishida 2023-yil oxir | Green Card | Amerikada ishlash | dvlottery

AQSh Markaziy banki bugun o'tkazgan yig'ilishida 2023-yil oxirigacha qayta moliyalash stavkasi deyarli 0 foizda ushlab turilishini e'lon qildi.

Shuningdek, yil oxirigacha AQSh iqtisodiyoti 3,7 foizga qisqarishi, ishsizlik darajasi esa 7,6 foizni tashkil qilishi taxmin qilinmoqda. Iyun oyida yillik yalpi ichki mahsulot hajmi 6,5 foizga qisqarishi kutilayotgan edi.

Inflyatsiyani ikki foizdan biroz oshirish prognoz va maqsad qilindi.

Demak, kelasi 2-3 yilda aholi va bizneslar uchun kredit olish arzonligicha qoladi. Markaziy bank davlat va xususiy sektor obligatsiyalarini sotib olish orqali iqtisodiyotni qo'llab-quvvatlash siyosatini davom ettiradi.

https://t.me/uzbekgreencard