Get Mystery Box with random crypto!

#er #xotin #munosabat AYOLNING ERIGA BEFARQLIGI 28 yoshdaman | Biz va dunyo haqida (siz kutgan habarlar)

#er #xotin #munosabat

AYOLNING ERIGA BEFARQLIGI

28 yoshdaman, uylanganimga 5 yil bo‘ldi. 2 nafar farzandim bor. Ayolim men bilan unchalik ishi yo‘q bo‘lib qolgan, jinsiy aloqaga umuman mayli qolmagan. Kasalligi yo‘q. O‘zidan so‘rasam, «Bu narsaga qiziqmayman», deydi. Mening esa hissiyotim kuchli, zino qilish katta gunohligini bilaman. Nima qilishim kerak, maslahat bersangiz.

JAVOB:
Alhamdulillah.

Darhaqiqat, har qanday muammoning yechimi uning sababini aniqlashdan boshlanishi kerak. Ayollardagi jinsiy maylsizlik sabablari turlicha bo‘lishi mumkin.

Jumladan:
- 1. Ayolning jinsiy shahvatga salbiy ta’sir etadigan biron fiziologik kasalliklarga yoki qand kasaliga chalingan bo‘lishi, tanosil a’zolarining yallig‘lanishi, jinsiy bezlar faoliyatining buzilishi.

- 2. Ruhiy holatining nosog‘lomligi. Bunga biron bir voqea-hodisadan qattiq ta’sirlanish yoki erning dag‘al muomalasi ham sababchi bo‘lishi mumkin.

- 3. Erning badan va libos tozaligiga beparvoligi, gigiyena odoblariga rioya qilmasligi. Bu ham ayolning jinsiy maylsizligiga sabab bo‘lishi mumkin

- 4. Ayolni nomunosib vaqtlarda jinsiy aloqaga chaqirish. Ayol qattiq horigan yoki biron narsadan chuqur qayg‘uga botgan vaqtlarda to‘shakka taklif qilish ham uning jinsiy shahvatiga salbiy ta’sir qiladi va jinsiy aloqadan sovishiga olib boradi.

- 5. Jinsiy yaqinlik qilishdan oldin ayolning shahvatini qo‘zg‘atishga olib boradigan ishlarni qilmaslik. Bu ham ayolning jinsiy maylsizligiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun er avvalo ayoliga mayin so‘zlar so‘zlash, o‘pish va shahvatini qo‘zg‘atuvchi a’zolarini silash bilan uni jinsiy aloqaga hozirlashi lozim. Afsuski, ko‘pchilik erlar bunga e’tibor berishmaydi. Oqibatda, jinsiy jihatdan qonmagan ayol jinsiy aloqadan bezib qoladi.

- 6. Erning haddan tashqari jinsiy aloqaga moyilligi. Er ayolining jismoniy imkoniyatlari va hissiyotlari bilan hisoblashmagan holda jinsiy aloqaga mukkasidan ketishi ham ayolning jinsiy maylsizligiga sabab bo‘lishi mumkin. Albatta, yuqorida zikr qilingan sabablar bu boradagi umumiy sabablardir.

Siz yaxshisi muammoni ayolingizga ochiqcha aytib, birgalikda muammoning sababini aniqlashingiz va shunga ko‘ra uni muolaja qilishga harakat qilishingiz maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ishonchli musulmon doktorlar maslahati bilan ayolingizning jinsiy maylini kuchaytiradigan dorilar yoki tabiiy giyohlar iste’mol qilishi ham foyda berishi mumkin.

Albatta, ayol kishi modomiki biron uzri bo‘lmasa, erining jinsiy istagini so‘zsiz qondirishi vojibdir. Ba’zan ayollar zimmalaridagi ushbu shar’iy vazifani bilmaganlari uchun, er-xotin o‘rtasidagi jinsiy munosabatlar ikki tomonning istak-xohishlariga bog‘liq degan o‘yda erlarining bu istaklarini qondirishga beparvo qaraydilar. Er kishi oilasining diniy ta’limiga javobgardir. Shuning uchun siz ayolingizga bu sohaga oid shar’iy hukmlarni o‘rgatishingiz, unga chiroyli so‘z va muomala bilan nasihat qilishingiz lozim. To‘shakka chaqirgan erining xohishini qondirmagan, balki bu ishdan bosh tortgan ayolning gunohi katta bo‘lishini unga yotig‘i bilan tushuntirish kerak.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deydilar: «Agar er ayolini to‘shakka chaqirsa-yu, bosh tortsa, natijada er tunni ayolidan g‘azablanib o‘tkazsa, ayol to tong ottirgunga qadar farishtalar uni la’natlaydilar»

[Buxoriy (3237) va Muslim (1436) rivoyati]

Kanalga qo'shilish @dunyo_va_biz