Get Mystery Box with random crypto!

​#eslatma #shayton Shaytonning namozdagi vasvasalari Shay | Biz va dunyo haqida (siz kutgan habarlar)

​#eslatma #shayton

Shaytonning namozdagi vasvasalari

Shayton aytar ekan:
1. Banda namoz o‘qimoqchi bo‘lsa, «Hali vaqt bor-ku, hozir bandsan, oldin ishingni bitirib ol, keyin o‘qirsan», deyman.

2. Namozini o‘zim kechiktira olmasam, odam-shaytonlardan birini yuboraman.

3. Buni ham qila olmasam, namoz o‘qiyotganida kelib, «O‘ngga qara. Chapga bir qara», deyman. Qarashi bilan yuzidan «o‘pib», peshonasini silab qo‘yaman. Keyin esa: «Ana endi namozing buzildi!» degan vasvasa bilan namozini buzaman.

4. O‘nggu so‘liga qarata olmasam, shoshiltiraman, shunda u xuddi xo‘roz don cho‘qigandek tez-tez o‘qiydi.

5. Buni ham qildira olmasam, jamoat bilan namoz o‘qiyotganida kelib, shoshiltiraman, shunda u boshini sajdadan imomdan oldin ko‘taradi. Ham namozi buziladi, ham Alloh bundaylarni qiyomat kuni eshak boshli qilib tiriltiradi

6. Buni ham eplay olmasam, namozda barmoqlarini qirsillatishini aytaman. Bu esa menga tasbeh aytgani bo‘ladi

7. Kambag‘al, bechoralalarga borib, «Namoz sizlar uchun emas, bekorga vaqt ketkizmanglar!» deyman…

8. Kasallarning yoniga boraman-da, «Kasallarga majburiyat yo‘q, tuzalgandan keyin o‘qirsan», deyman. Shunda ular noshukrlik qilib, Allohga isyon qiladi, ba’zilari esa kufr so‘zlarni aytib yuboradi

Alloh taolo aytadi:
«Iblis: «Meni ig‘voga uchirganing sababli Sening to‘g‘ri yo‘lingda ularni to‘sib o‘tiraman. So‘ngra ularning oldilaridan, orqalaridan, o‘ngu chap tomonlaridan kelaman. Shunda ularning ko‘plarini shukr qiluvchi holda topmassan», dedi.
(A’rof surasi, 16-17-oyatlar)

Shayton vasvasa qilsa, Alloh taologa duo qilib, shaytonning sharridan panoh so‘rang. Robbimizning oyatlariga – dalil-hujjatlariga quloq soling. Alloh taologa yaqin ekansiz, qo‘rqmang, g‘amgin bo‘lmang:
Robbimiz: «Shaytonning do‘stlariga qarshi jang qiling, chunki shaytonning hiylasi zaifdir», degan (Niso surasi, 76-oyat).
DO‘STLARINGIZGA HAM ULASHING!!!

Kanalga qo'shilish @dunyo_va_biz