Get Mystery Box with random crypto!

Dun'ya_Di🍃

Telegram kanalining logotibi dunya_di — Dun'ya_Di🍃 D
Telegram kanalining logotibi dunya_di — Dun'ya_Di🍃
Kanal manzili: @dunya_di
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 29.30K
Kanalning ta’rifi

( لَا تَحۡزَنۡ اِنَّ اللّٰهَ مَعَنَا )
,, Mahzun bo‘lmang Alloh biz bilan ‘‘
( Qur’oni Karim Tavba surasi 40-oyat )
@wxxizi

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-12-03 07:30:43 BO‘LDIM BЕNAMOZ

Besh yosh edim, o‘qimoqchi bo‘ldim namoz,
Sura yodlash masalasi qiynardi biroz.
Shunday qilib o‘tdi qishu, o‘tdi bahor, yoz
Menga erta ekan, deya bo‘ldim benamoz.
* * * *
Kunlar o‘tdi, qarshiladim o‘nta bahorni,
Ertayu kech cho‘mildik zeriktirmay anhorni.
Joynamozni chetga surib tutdim dutorni,
O‘yin bilan o‘tdi kunim, bo‘ldim benamoz.
* * * *
Kelib qoldi yigirma yosh bo‘lib mehmon,
Iymon emas qalbda sevgi bo‘ldi sulton,
Yor vasliga yetay, deya sarson sargardon,
Ishq o‘tida kuyib-yonib, bo‘ldim benamoz.
* * * *
Qirq yoshimni qarshi oldim to‘kib savlat,
Yelib- uchdim to‘play deya molu davlat.
Masjidga yur desa, dedim yo‘qdir fursat,
Bu dunyoni dardida bo‘ldim benamoz.
* * * *
Oltmish bahor o‘tdi, oltmish kun misol,
Kech angladim, aziz umrim bo‘libdi uvol.
Ibodatga turay desam yo‘qdir majol,
O‘z jonimga jabr aylab bo‘ldim benamoz.
* * * *
Saksonimda dard to‘shakga qo‘ydi joylab,
Qo‘l oyog‘im qimirlamas yillab, oylab,
Hayhot, o‘lim farishtasi turar poylab,
Ketar bo‘ldim bu dunyodan bo‘lib benamoz...

Yaqinlargaham ulashing!

@dunya_di
15.3K views04:30
Ochish/sharhlash
2023-12-02 07:30:35
Ko’pchilik onalar farzandini uxlatish uchun alla aytadi, menimcha, bola yig’lagan paytda ona Qur’on o’qisa, bolaning aqli va qalbi yoshligidanoq Qur’onga muhabbatli bo’ladi. Bola aqlini tanigach alla emas, ertak aytib berishadi, buning o’rniga anbiyolar qissasini aytib berishsa, bola qayerdagi afsonaviy ertak qahramonlariga emas, Allohning nabiylariga muhabbatli bo’ladi.

Hamma farzandining olim(a), qori(ya), faqih(a) bo’lishini istaydi, ammo buning uchun harakat qilmaydi. Agar farzand yoshligidan ertak, afsona, qorbobo va shunga o’xshash narsalarga ishonib o’ssa, onalar xohlagandek olimlar qayerdan yetishsin?! Agar ona farzandini enagaga berib, o’zi ertalabdan kechgacha ishlasa, do’konma-do’kon aylanib yursa, dugonalar bilan ko’ngilxushlik qilib yuradigan bo’lsa, unda farzand tarbiyasi bilan kim shug’ullanadi? Bunday muhitda olim(a)lar qanday yetishib chiqadi?

Farzandining olim(a) bo’lishini istagan ona, eng avval o’zi ilm oladi. Farzand tarbiyasi onaning qornidaligidayoq boshlanadi. Ona homiladorlikdan boshlab, farz namozlarni o’qishda yanada e’tiborliroq bo’lishi, nafl ibodatlarni ham imkon qadar ado etishga intilishi, Allohni ko’p zikr qilishi, Rosulullohga salavot aytishi, ko’proq Qur’on tilovat qilishi kerak, zero, bularning bari farzandning kamolotiga ta’sir qiladi.

Shuni ham unutmaslik kerakki, eng yaxshi tarbiya - go’zal o’rnak bo’lmoqlikdir. Farzandingizni tarbiyalashdan oldin o’zingizni tarbiyalab oling va ularga go’zal o’rnak bo’ling!


tulip___books

Do’stlaringizgaham ulashing!

@dunya_di
13.8K views04:30
Ochish/sharhlash
2023-12-02 04:01:44 Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам тонг отганида:
 
اللهُمَّ بِكَ أَصْبَحْنَا وَبِكَ أَمْسَيْنَا وَبِكَ نَحْيَا وَبِكَ نَمُوتُ وَإِلَيْكَ النُّشُورُ 
 
«Аллоҳумма бика асбаҳнаа ва бика амсайнаа ва бика наҳяа ва бика намууту ва илайкан нушуур»
  дер эдилар.
Маъноси: Аллоҳим, Сенинг номинг ила тонг оттирдик, Сенинг номинг ила кеч киргиздик. Сенинг номинг ила тириламиз ва Сенинг номинг ила ўламиз. Ва Сенга қайтажакмиз.
Кеч кирганида эса:
 
اللهُمَّ بِكَ أَمْسَيْنَا وَبِكَ أَصْبَحْنَا وَبِكَ نَحْيَا وَبِكَ نَمُوتُ وَإِلَيْكَ الْمَصِير 
 
«Аллоҳумма бика амсайнаа ва бика наҳяа ва бика намууту ва илайкал масийр».

(“Аллоҳим, Сенинг номинг ила кеч киргиздик. Сенинг номинг ила тириламиз ва Сенинг номинг ила вафот этамиз. Ва Сенга қайтажакмиз”), деб айтар эдилар.
Абу Довуд, Термизий ва Ибн Можалар ривояти.

islom.uz

@dunya_di
12.6K views01:01
Ochish/sharhlash
2023-12-01 10:15:08 Мияси майда-чуйда орзуларга тўла одамлар билан узоқ суҳбат қурманг. Улар сизнинг катта орзу-мақсадларингизни чўктиради.

Ҳаётдан аламзада ва норози инсонлар билан мулоқот қилманг. Ундайлар сизнинг ҳаётга бўлган қизиқишингизни, умидингизни сўндиради.

Жуда ҳам эҳтиёткор ва қўрқоқларни фикрларига қулоқ солманг. Улар туфайли таваккалга қўл уролмайсиз.

Дангаса, ишёқмаслар билан дўстлашманг. Акс ҳолда сизнинг миянгиз ҳам уларникига ўхшаб ҳаётда ўсиш учун имкониятлар эмас, кўпроқ ухлаш учун сабаблар излай бошлайди.

Катта орзулар қилинг, мақсадлар қўйинг. Унга етиш режасини тузинг ва бу йўлда сиз билан елкама-елка муаммоларингизни ҳал қилувчи, қувончингизга шерик бўлувчи дўстлар орттиринг!

@dunya_di
12.7K views07:15
Ochish/sharhlash
2023-12-01 07:30:08
Imom ibn Qoyyim Javziyyya rahimahulloh dedi:
“Shayton bandaga kiradigan uch eshik quyidagilar:
“Birinchisi; g‘aflat;
Ikkinchisi: shahvat;
Uchinchisi: g‘azabdir”.

“Vabilis soyb” asaridan.

@dunya_di
15.2K views04:30
Ochish/sharhlash
2023-12-01 04:15:06Har sajdaga borganingizda ota onangizga mag‘firat so‘rab bir marta «Allohummag‘firliy vali validayya» (Allohim ota onamni mag‘firat et!) deb duo qilib qo‘yishga odatlaning

Shunda bir kunda ular uchun 64 bora istig‘for aytgan bo‘lasiz. Agar ular vafot etgan bo‘lsa, nomai-a’moliga savob yozilib turadi. Tirik bo‘lsalar, gunohlari kechirilib turadi. Qiyomat kuni kishiga notanish bo‘lgan ulkan savob taqdim etilar ekan. «Bu qayerdan keldi menga» deb so‘rasa, «Farzandingni senga aytgan istig‘fori» deb javob berilar ekan. Bu bizni dunyoga kelishimizga sababchi bo‘lgan aziz insonlar uchun arziydigan sovg‘adir.

Sajdada qilingan duo
InshaAlloh qaytarilmaydi!

@dunya_di
15.7K views01:15
Ochish/sharhlash
2023-11-30 18:40:07
Tahoratli holda uhlash va tahorat bilan yurishlikning foydalari!

Yaqinlaringizgaham ulashing!

@dunya_di
15.0K views15:40
Ochish/sharhlash
2023-11-30 12:20:13
Besh mahal namoz o‘qiydigan odam bir kunda:
40 marotaba “Bismillah”
40 marotaba “Fotiha surasi”
80 marotaba “Ar-Rahmon”
80 marotaba “Ar-Rohim”
213 marotaba “Allohu Akbar”
120 marotaba “Subhana Robbi Al-Aziym”
240 marotaba “Subhana Robbi Al-Alo”
15 marotaba “Subhanaka” ni ya’ni “Sano duosi”
40 marotaba “Sam’i Allohu liman hamidah”
40 marotaba “Robbana lakal hamd”
40 marotaba “Omiyn (Ey Alloh duoimni qabul qil)”
33 marotaba “Zam sura”
21 marotaba “Tashahhud” ni o‘qib Payg‘ambarimizga salovat
21 marotaba “Tashahhud” ni o‘qib Shahodat kalimasi
26 marotaba Farishtalarga va mo‘minlarga salom
13 marotaba “Allohumma antas Salam”
13 marotaba “Robbana atina” duosi
13 marotaba “Robbana ig‘firliy” duosi
15 marotaba “Allohumma solli va salim” duosi
15 marotaba “Allohumma barik” salovati
15 marotaba “Shayton” dan panoh tilaydi.

Albatta yaqinlarga ulashing

@Dunya_Di
13.0K viewsedited  09:20
Ochish/sharhlash
2023-11-29 19:35:06
Orzularingizda yashang!

Juda ham ko‘p odamlar orzularida yashashni da’vo qilishsa-da, aslida qo‘rquvlarida yashashadi.

U qanday bo‘ladi deyayotgandirsiz? Inson biror narsadan qo‘rqsa shu narsaga yaqinlashmaslikka harakat qiladi.

Ko‘pchilik faqirlikdan qo‘rqadi. Shuning uchun boyroq bo‘ladi.

Jarimalardan va jazolardan qo‘rqadi. Shuning uchun ehtiyot bo‘lishga harakat qiladi.

Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, bu yerda orzularda emas, qo‘rquvlarda yashash bor. Qo‘rquvlarda yashash orqali doimo hayotingizni gumonlarga to‘ldirasiz va halovatingizni yo‘qotasiz. Chiroyli orzular bilan xotirjamlikda yashashga hech narsa yetmaydi!


@dunya_di
12.9K views16:35
Ochish/sharhlash
2023-11-29 17:15:37 Bilasizmi?
Bilmasangiz oʻqib yod oling! Va Ulashing ular ham bilib olsin.

     1-Savol: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaysi surani ayollar o‘rgansin deganlar?
     1-Javob:
Nur surasini.
     2-Savol: O‘qiganni shafoat qiladigan sura qaysi?
     2-Javob: Sahih hadisda kelganidek,
Mulk surasi.
      3-Savol: Insonni dajjoldan saqlab qoladigan o‘n oyat qaysi?
      3-Javob:
Kahf surasining dastlabki o‘n oyati.
      4-Savol: Qaysi sura bir martada to‘liq nozil bo‘lgan?
      4-Javob:
Muddassir surasi.
      5-Savol: Qaysi sura Qur'onning o‘rkachi deb ataladi?
      5-Javob:
Baqara surasi.
      6-Savol: Qaysi sura Havoriylar deb ataladi?
     6-Javob:
Sof surasi.
     7-Savol: Vidolashuv surasi qaysi?
     7-Javob:
Nasr surasi.
     8-Savol: Meros haqidagi sura qaysi?
      8-Javob:
Niso surasi.
      9-Savol: Qur'ondagi eng buyuk sura qaysi?
      9-Javob:
Fotiha surasi.
      10-Savol: Arab alifbosidagi barcha harflarni o‘zida jamlagan oyat qaysi?
       10Javob:
Fath surasining oxirgi oyati.
       11-Savol: Qaysi sura kichik Niso surasi deb ataladi?
       11-Javob:
Taloq surasi.
       12-Savol: Qur'onning kelinchagi qaysi sura?
       12-Javob:
Ar Rohman surasi.
       13-Savol: Qaysi najot beruvchi deb ataladi?
       13-Javob:
Taborak, Mulk surasi.

@dunya_di

Eslating! zero eslatma moʻmin mo'minalarga manfaat berur.
"Zariyat surasi" 55-oyat
19.4K views14:15
Ochish/sharhlash