Get Mystery Box with random crypto!

BO‘LDIM BЕNAMOZ Besh yosh edim, o‘qimoqchi bo‘ldim namoz, Su | Dun'ya_Di🍃

BO‘LDIM BЕNAMOZ

Besh yosh edim, o‘qimoqchi bo‘ldim namoz,
Sura yodlash masalasi qiynardi biroz.
Shunday qilib o‘tdi qishu, o‘tdi bahor, yoz
Menga erta ekan, deya bo‘ldim benamoz.
* * * *
Kunlar o‘tdi, qarshiladim o‘nta bahorni,
Ertayu kech cho‘mildik zeriktirmay anhorni.
Joynamozni chetga surib tutdim dutorni,
O‘yin bilan o‘tdi kunim, bo‘ldim benamoz.
* * * *
Kelib qoldi yigirma yosh bo‘lib mehmon,
Iymon emas qalbda sevgi bo‘ldi sulton,
Yor vasliga yetay, deya sarson sargardon,
Ishq o‘tida kuyib-yonib, bo‘ldim benamoz.
* * * *
Qirq yoshimni qarshi oldim to‘kib savlat,
Yelib- uchdim to‘play deya molu davlat.
Masjidga yur desa, dedim yo‘qdir fursat,
Bu dunyoni dardida bo‘ldim benamoz.
* * * *
Oltmish bahor o‘tdi, oltmish kun misol,
Kech angladim, aziz umrim bo‘libdi uvol.
Ibodatga turay desam yo‘qdir majol,
O‘z jonimga jabr aylab bo‘ldim benamoz.
* * * *
Saksonimda dard to‘shakga qo‘ydi joylab,
Qo‘l oyog‘im qimirlamas yillab, oylab,
Hayhot, o‘lim farishtasi turar poylab,
Ketar bo‘ldim bu dunyodan bo‘lib benamoz...

Yaqinlargaham ulashing!

@dunya_di