Get Mystery Box with random crypto!

Bilasizmi? Bilmasangiz oʻqib yod oling! Va Ulashing ular ham b | Dun'ya_Di🍃

Bilasizmi?
Bilmasangiz oʻqib yod oling! Va Ulashing ular ham bilib olsin.

     1-Savol: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaysi surani ayollar o‘rgansin deganlar?
     1-Javob:
Nur surasini.
     2-Savol: O‘qiganni shafoat qiladigan sura qaysi?
     2-Javob: Sahih hadisda kelganidek,
Mulk surasi.
      3-Savol: Insonni dajjoldan saqlab qoladigan o‘n oyat qaysi?
      3-Javob:
Kahf surasining dastlabki o‘n oyati.
      4-Savol: Qaysi sura bir martada to‘liq nozil bo‘lgan?
      4-Javob:
Muddassir surasi.
      5-Savol: Qaysi sura Qur'onning o‘rkachi deb ataladi?
      5-Javob:
Baqara surasi.
      6-Savol: Qaysi sura Havoriylar deb ataladi?
     6-Javob:
Sof surasi.
     7-Savol: Vidolashuv surasi qaysi?
     7-Javob:
Nasr surasi.
     8-Savol: Meros haqidagi sura qaysi?
      8-Javob:
Niso surasi.
      9-Savol: Qur'ondagi eng buyuk sura qaysi?
      9-Javob:
Fotiha surasi.
      10-Savol: Arab alifbosidagi barcha harflarni o‘zida jamlagan oyat qaysi?
       10Javob:
Fath surasining oxirgi oyati.
       11-Savol: Qaysi sura kichik Niso surasi deb ataladi?
       11-Javob:
Taloq surasi.
       12-Savol: Qur'onning kelinchagi qaysi sura?
       12-Javob:
Ar Rohman surasi.
       13-Savol: Qaysi najot beruvchi deb ataladi?
       13-Javob:
Taborak, Mulk surasi.

@dunya_di

Eslating! zero eslatma moʻmin mo'minalarga manfaat berur.
"Zariyat surasi" 55-oyat