Get Mystery Box with random crypto!

​​ Rasman: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi anʼanaviy t | DTM YANGILIKLAR || Rasmiy Kanali

​​ Rasman: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi anʼanaviy taʼlimga qaytish borasida ota-onalar va talabalarning fikrini oʻrganish uchun soʻrovnoma oʻtkazishni boshladi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini an’anaviy yoki masofaviy shaklda davom ettirish maqsadida talabalar va ularning ota-onalari (yoki ularning vasiylari) fikrini bilish, ularning xohish istaklaridan kelib chiqqan holda ish koʻrish maqsadida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilish boshlandi.

Bunda savollarga ob’yektiv javob berilishi o‘quv jarayonini an’anaviy yoki masofaviy shaklda davom ettirish masalasiga oydinlik kiritishda yordam beradi. So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkaziladi, unda respondentning ism-sharifi ko‘rsatilmaydi. So‘rovnoma joriy yilning 20-oktyabr kuni soat 23:59 da yakunlanadi.

So‘rovnomada quyidagi havola orqali qatnashishingiz mumkin: https://forms.gle/r14o45g6CFS3K3ah8

Kanalga ulanish:
@DTMYangiliklar_UZ