Get Mystery Box with random crypto!

Endilikda Prezident qarori bilan faqat davlat granti kvotalari | DTM YANGILIKLAR || Rasmiy Kanali

Endilikda Prezident qarori bilan faqat davlat granti kvotalari belgilanadi. To‘lov-kontrakt uchun kvotalarni OTMlar mustaqil belgilaydi

Kelgusi oʻquv yilidan faqat davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari belgilanadi. Toʻlov-kontrakt boʻyicha qabul kvotasini OTMlar mustaqil belgilaydi.

Prezident qaroriga muvofiq, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralari bilan birgalikda 2020-yil 1-dekabrga qadar:

- oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarida faqat davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlarini belgilash;

- toʻlov-kontrakt asosidagi qabul koʻrsatkichlarini oliy taʼlim muassasalari tomonidan mustaqil belgilash. Bunda, toʻlov-kontrakt asosidagi qabul koʻrsatkichlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilangan miqdordan kam boʻlmasligi lozim;

- iqtidorli talabalarni nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida ham davlat granti asosida oʻqitish;

- alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim sohalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birgalikda majburiy uchta – ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va Oʻzbekiston tarixi fanlari boʻyicha test sinovlari topshirish tartibini joriy qilish boʻyicha Hukumatga asoslantirilgan takliflarni kiritadi.

Batafsil maʼlumot
@DTMYangiliklar_UZ