Get Mystery Box with random crypto!

Noyabr oyidan oliy taʼlim muassasalarida anʼanaviy taʼlim bosh | DTM YANGILIKLAR || Rasmiy Kanali

Noyabr oyidan oliy taʼlim muassasalarida anʼanaviy taʼlim boshlanadi — vazirlikdagi manba

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi anʼanaviy taʼlimga qaytish borasida ota-onalar va talabalarning fikrini oʻrganish uchun soʻrovnoma oʻtkazayotgani haqida xabar bergandik. Soʻrovnoma 20-oktabr kuni soat 23:59 da yakunlanadi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidagi bir qancha manbalarimizdan olingan maʼlumotga koʻra, anʼanaviy taʼlim, albatta, boshlanadi. Vazirlik anʼanaviy taʼlimga qaytishni noyabr oyiga rejalashtirayotgani aytildi.

«Mana, bugun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi talabalar va ularning ota-onalari fikrini oʻrganish uchun soʻrovnoma oʻtkazishni boshladi. Ikki kundan soʻng soʻrovnoma yakuniga yetadi. Soʻrovnomaning hozirgacha boʻlgan vaqtida (soat 20:00 nazarda tutilmoqda — tahr.) 70 foizga yaqin respondent 2-noyabrdan anʼanaviy taʼlimga qaytish tarafdori ekani maʼlum boʻldi», deb maʼlumot bermoqda vazirlikdagi manbalarimiz.

Qoʻshimcha qilinishicha, oliy taʼlim muassasalarida anʼanaviy taʼlimga qaytish noyabr oyining qaysi sanasidan ekanligi hozircha aniq emas. Bu soʻrovnoma yakuniga va talabalar fikriga bogʻliq ekanligi ham taʼkidlandi.

Kanalga ulanish:
@DTMYangiliklar_UZ