Get Mystery Box with random crypto!

​​ Oʻqishga kirishda yana yangi imtiyoz. Bu safar oʻrmonchilar | DTM YANGILIKLAR || Rasmiy Kanali

​​ Oʻqishga kirishda yana yangi imtiyoz. Bu safar oʻrmonchilar va ularning bolasiga...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 16-bandida belgilangan vazifaga muvofiq:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va hududlardagi o‘rmon xo‘jaliklarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining tavsiyanomasiga asosan o‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun oliy ta’lim muassasalarining tegishli yo‘nalishlariga davlat granti (!) asosida belgilangan qabul kvotasiga qo‘shimcha 20 foiz ajratish choralari ko‘riladi.

Ma'lumot uchun: ushbu imtiyoz bilan qo'shib hisoblaganda O'zbekistonda oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirishda qo'llaniladigan imtiyozlar soni jami 21 taga yetmoqda.

Batafsil maʼlumot
@DTMYangiliklar_UZ