Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi

Telegram kanalining logotibi dtmuzb_uz_davlat_test_1 — Davlat Test Markazi D
Telegram kanalining logotibi dtmuzb_uz_davlat_test_1 — Davlat Test Markazi
Kanal manzili: @dtmuzb_uz_davlat_test_1
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 19.91K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @Dtmuzadmin

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 21

2022-09-02 15:24:10 Xushxabar: Super-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi

Barcha davlat OTMlarida tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-kontrakt miqdorlari 10 foizga arzonlashtirildi.

Ilovadagi jadval orqali yoʻnalishlar kesimidagi tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
16.7K views12:24
Ochish/sharhlash
2022-09-02 13:05:38
Endi taʼlim krediti imtiyozli shartlarda 7 yilga beriladi!

“Temir daftar”dagi talabalarning bir yillik kontrakti byudjetdan toʻlanishi mumkin.“Iqtidorli, lekin oliygohda kontrakt asosida oʻqish imkoniyati boʻlmagan yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tizim yaratamiz.

Bugungi kunda ota-onalar farzandini oliygohda oʻqitish uchun 22-28 foiz stavkada taʼlim kreditini 3 yil muddatga olmoqda.
Yangi oʻquv yilidan barcha uchun taʼlim krediti imtiyozli shartlarda 7 yil muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasida, yaʼni joriy yilda 14 foiz stavkada ajratiladi.
18.1K views10:05
Ochish/sharhlash
2022-09-02 13:01:29
ABITURENTLARIMIZ va PERVODCHILAR DIQQATIGA !

SIZ HAM O'QISHGA KIRING!!!
SIZ HAM TALABA BO'LING !!!

ENG NUFUZLI XUSUSIY UNIVERSITETLAR QABULI TUGASHIGA 2 KUN QOLDI
YO’NALISHLARIMIZ:

Arab tili filologiyasi
Ingliz tili
Rus tili va adabiyoti
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisod
Moliya
Soliqlar va soliqqa tortish
Pedagogika  psixologiya
Tarix
Boshlang’ich ta’lim
Maktabgacha ta’lim
Turizm
Kompyuter texnologiyalari (IT)
Dasturiy injinering
Suniy intellekt
Jismoniy tarbiya
Shartnomalarimiz mavjud
PEREVODCHILARMIZ DIQQATIGA:

Xususiy universitetlarga 2-3-kursdan perevod imkoni ham mavjud !!!
Bunday imkonni boy bermang.

Ta’lim shakllari: Kunduzgi, Sirtqi va Kechki

Firma tolovi 3.5 mln somdan boshlanadi
Murojaat uchun:

+998910016166
@Ilmsirlari1

+998908248004
 @Dunyo_edu_admiin

+998908291404                            
@azizaa_manager

+998910092099
 @Inclusive777000

+998909099031
@ziyoprinty

+998900066166
@Asliddinnurmamatov

+998901199923
@Talababol99
17.4K views10:01
Ochish/sharhlash
2022-09-01 10:50:44
Xorijiy va nodavlat oliygohlardan o'qishini ko'chirganlar uchun.

Kimning shaxsiy kabinetida "Talab bajarildi" statusi turgan bo'lsa, o'qishi ko'chirilgan hisoblanadi.

Talabalar qachondan OTMga borishlari haqida vazirlik va oliygohlar rasmiy sahifalarida e'lon beriladi. Super kontrakt masalasida esa yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab ariza beriladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
24.9K views07:50
Ochish/sharhlash
2022-09-01 09:43:54 ​​Bilasizmi? Kontrakt toʻlagandan soliq imtiyozi beriladi.

Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga koʻra, Oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olish (oʻzining, 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) taʼlim olishi) uchun toʻlov amalga oshirilganda, toʻlov qilingan qism daromad soligʻi (12 foiz)dan ozod qilinadi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
24.3K views06:43
Ochish/sharhlash
2022-09-01 09:05:21 Diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlar roʻyxati-2022

Xalqaro reytingda TOP-1000 ga kirgan OTMlarning 2022-yil uchun roʻyxati Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan.

Ushbu roʻyxatga kiritilgan, yaʼni xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning (QS, THE, ARWU) reytingida birinchi 1000 talik roʻyxatidan joy olgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarida olingan diplomlar koʻplab rivojlangan davlatlardagi kabi Oʻzbekistonda ham toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
24.2K views06:05
Ochish/sharhlash
2022-09-01 07:18:36
Assalomu alaykum yurtdoshlar!

Shu kunlarda Vatanimiz va xalqimiz uchun qadrli, ulug‘ sana – mustaqilligimizning 31 yillik ayyomi nishonlanmoqda!

31 yil oldin O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan suveren davlat sifatida ko‘pmillatli xalqning farovonligi va erkini ta’minlash hamda taraqqiyotning demokratik yo‘lini tanladi.

O‘tgan yillar davomida juda ko‘p yutuqlarga erishdik. Muhimi, yurtimizda tinchlik hukm surmoqda. Shu tufayli hamyurtlarimiz bilan tinchlik va xotirjamlikda, Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shib kelmoqdamiz!

Fursatdan foydalanib, Davlat test markazi jamoasi O‘zbekiston xalqini ushbu qutlug‘ va ulug‘ ayyom bilan qizg‘in muborakbod etadi! Shu bilan birga, mustahkam sog‘liq, farovonlik va omad tilaydi!

Jonajon Vatanimizda tinchlik barqaror va ulkan taraqqiyotlarga erishish bardavom bo‘laversin!
24.3K views04:18
Ochish/sharhlash
2022-08-31 11:24:50 ​​ Qanday hollarda davlat 50 foizgacha kontrakt pulini to‘lab berishi mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-mart kunidagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berish belgilangan.

BHM – 300 ming so‘m.
50xBHM=15.000 000 so‘m. Demak shungacha bo‘lgan miqdorda pul to‘lab beriladi.


Agar siz oilangiz “Temir daftar”ga yoki o‘zingiz “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lsa, bu imtiyozdan foydalanasiz.

"Temir daftar"ga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga ko‘ra quyidagi oilalar kiritiladi:

ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan a’zolari mavjud oilalar;
kam ta’minlangan yakka-yolg‘izlar va keksalar;
boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalar;
ko‘p (4 va undan ortiq) farzandli moddiy ko‘makka muhtoj oilalar;
mehnatga layoqatli ishsiz a’zolari mavjud ehtiyojmand oilalar;
tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalar (surunkali yoki og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan va nogironlik guruhi belgilanmagan a’zolari mavjud yetarli daromad manbaiga ega bo‘lmagan oilalar);
noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zi yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy bo‘lmagan ehtiyojmand oilalar.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
25.6K views08:24
Ochish/sharhlash
2022-08-31 10:30:01
O'zini o'zi moliyalashtiradigan oliygohlar yillik to'lov kontrakt narxlarini oshirishda davom etmoqda!

Ushbu rasmda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining yangi o‘quv yilidagi kontrakt narxlari bilan tanishing.

Juda ko'p emas, atigi 24 mln bo'libdi:)

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
25.0K views07:30
Ochish/sharhlash
2022-08-31 09:05:01 #Qabul2022 #MatbuotAnjumani
13 mingdan ziyod abituriyent qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etildi

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning:

176 mingdan ziyodi — umumiy qabul parametrlari doirasida;
13 mingdan ziyodi — imtiyozga ega abituriyentlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida tavsiya etilgan.

Jumladan:

nogironligi bo‘lgan shaxslar3,2 ming nafar;
“Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi bitiruvchilari bo‘lgan hamda vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar — 272 nafar;
muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar — 4,7 ming nafar;
harbiy xizmatchilarning farzandlari1,9 ming nafar;
Ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari — 739 nafar;
ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar1,9 ming nafar;
kamida 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar379 nafar.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
24.2K views06:05
Ochish/sharhlash