Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi

Telegram kanalining logotibi dtmuzb_uz_davlat_test_1 — Davlat Test Markazi D
Telegram kanalining logotibi dtmuzb_uz_davlat_test_1 — Davlat Test Markazi
Kanal manzili: @dtmuzb_uz_davlat_test_1
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.84K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @Dtmuzadmin

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-04-02 13:25:25 #Diqqat #Tarqating
Respublikamizdagi, 9-sinf bitiruvchilari uchun Rus tilidan barcha fanlardan imtihon biletlari

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
1.8K views10:25
Ochish/sharhlash
2023-03-30 17:52:23Talabalarni qiziqtirayotgan 2 ta savol bo‘yicha ma’lumot:

Stipendiyalar oshdimi?

Yo’q. Xabaringiz bor, Prezident farmoni bilan faqat byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar va nafaqalar 7%ga oshyapti.

Talabalarning stipendiyalari oshgani yo‘q, bu haqda farmonda hech narsa deyilmagan.

Kontraktlar ham oshadimi?

Aslida qoidaga ko‘ra, talabalarning to‘lov-kontraktlari ham oshishi kerak, chunki bazaviy kontrakt miqdorlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘lab qo‘yilgan. Ya’ni aslida qoidasi bo’yicha mehnatga haq to’lash miqdori oshganda kontraktlar ham oshadi.

Lekin bu borada xulosaga biroz shoshmagan ma’qul. Sababi pandemiyadan keyin bir necha yildan buyon kontraktlar miqdori oshirilmayapti, eski holicha turibdi. Mehnatga haq to’lash miqdori bir necha bor oshgan bo’lsa-da, lekin kontraktlar oshirilmadi.

Yana ham bu bo’yicha sohaga mas’ullar rasmiy aniqlik kiritgani maqsadga muvofiq.

Xushnudbek Xudoyberdiyev

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
1.2K views14:52
Ochish/sharhlash
2023-03-30 16:31:12
Pisa Universitetida 2023-2024 o'quv yili uchun qabul boshlandi!

Bakalavr uchun fakultetlar
Umumiy Geologiya
Ekologiya


Nega aynan Pisa universitetni tanlashingiz kerak?

Pisa Universiteti dunyoning top 400 universiteti ro’yhatiga kiradi;
Talabalar MDHning yetakchi kompaniyalarida amaliyot o’tash imkoniyatiga ega;
O'qishni Italiyada davom ettirish mumkin;
Bitiruvchilar Italiya va O'zbekiston diplomini qo’lga kiritishadi;
Xalqaro kompaniyalar tomonidan moliyaviy yordam olish imkoniyati mavjud;

Ariza topshirish

+998977594400

Telegram | Instagram
1.3K views13:31
Ochish/sharhlash
2023-03-27 10:22:45 #MatbuotAnjumani #Live
Test sinovlarini yil davomida o‘tkazish uchun katta sig‘imli binolar qurilishi

2022-yilda Buxoro viloyatida test sinovlarini yil davomida o‘tkazishga mo‘ljallangan 1 200 o‘rinli bino qurilib, foydalanishga topshirilgan.

Hozirda quyidagi hududlarda qurilish ishlari davom etmoqda:

Namangan viloyati — 93 foiz (bajarilgan);
Xorazm viloyati — 90 foiz;
Samarqand viloyati — 84 foiz;
Sirdaryo viloyati — 63 foiz;
Andijon viloyati — 60 foiz;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 60 foiz;
Surxondaryo viloyati — 37 foiz.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
566 views07:22
Ochish/sharhlash
2023-03-27 10:22:45 #MatbuotAnjumani #Live
Test topshiriqlarini shakllantirish va ekspertizadan o‘tkazish

2022-yilda Bilimni baholash agentligi tomonidan test sinovlari uchun:

12 ta umumta’lim fanidan 42 mingdan ortiq;

54 ta maxsus fandan 37 mingga yaqin test topshirig‘i shakllantirilgan va ekspertizadan o‘tkazilgan.

Bundan tashqari

milliy sertifikat imtihonlari uchun 7 ta umumta’lim fanidan 1,5 mingdan ziyod;

fan olimpiadasining respublika bosqichi uchun 16 ta umumta’lim fanidan 1,4 mingdan ziyod test topshirig‘i shakllantirilib, ekspertizadan o‘tkazilgan.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
568 views07:22
Ochish/sharhlash
2023-03-27 10:22:45 #MatbuotAnjumani #Live
2022-yil davomida agentlik tomonidan 52 turdagi test sinovlari tashkil etilib, unda 2 mln. nafardan ortiq talabgorning bilimi sinovdan o‘tkazildi.

Jumladan:

Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligini aniqlash bo‘yicha test sinovlari – 21 ming nafardan ziyod;

Rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari – 1,1 ming nafardan ziyod;

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari – 63 ming nafardan ziyod;

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari – 11 ming nafardan ziyod;

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish test sinovlari – 269 ming nafardan ziyod;

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari – 1 mln. 146 ming nafardan ziyod;

Oliy ta’lim muassasalari huzuridagi akademik litseylarga kirish test sinovlari – 23 ming nafardan ziyod;

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O’zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari – 80 ming nafardan ziyod;

Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari, “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy akademik litseylariga kirish test sinovlari – 11 ming nafardan ziyod;

Professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum)ga kirish test sinovlari – 172 ming nafardan ziyod;

Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari – 22 ming nafardan ziyod;

Boshqa imtihonlar – 230 ming nafardan ziyod.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
521 views07:22
Ochish/sharhlash
2023-03-20 21:51:44
#tezkor #diqqat

endi talabalar kontrakt toʻlayotganda foiz olinmaydi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
1.2K views18:51
Ochish/sharhlash
2023-03-19 10:30:15
Majburiy fan blokidagi testlar qaysi mavzular boʻyicha tuziladi?

Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida qoʻllaniladigan test topshiriqlarining boʻlimlar boʻyicha oʻrtacha taqsimoti (foiz hisobida).

Majburiy fanlar:

Ona tili (oʻzbek):
— Orfografiya va punktuatsiya — 40 %;
— Leksikologiya, uslubiyat — 40 %;
— Grammatika — 20 %.

Ona tili (rus):
— Fonetika — 10 %;
— Leksika — 10%;
— Grammatika — 40 %;
— Orfografiya — 40 %.

Ona tili (qoraqalpoq):
— Fonetika — 10 %;
— Leksika — 20 %;
— Grammatika — 40 %;
— Orfografiya — 30 %.

Matematika:
— Sonlar va ular ustida amallar — 40 %;
— Foiz, proporsiya va tenglama — 30 %;
— Geometriya — 30 %.

Oʻzbekiston tarixi:
— Qadimgi va oʻrta asrlar tarixi —35-45 %;
— XVI-XX asr boshlaridagi tarixiy davr — 35-45 %;
— Sovetlar davri va mustaqillik davri tarixi — 20-25 %.

Barcha abituriyentlarga tarqating!

Boshqa fanlar taqsimoti

https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
1.2K views07:30
Ochish/sharhlash
2023-03-18 14:32:55
Rasman: Akademik litseylarga kirish uchun qaysi fanlardan imtihon olinishi tasdiqlandi!

2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarning taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi oʻtkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI tasdiqlandi.

Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta boʻlib, shundan 20 tasi oʻquvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash boʻyicha hamda taʼlim yoʻnalishlariga mos ikkita fan boʻyicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.

Toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball — 146:

IQ — 1.1*20 =22;
1-fan — 3.1*20=62;
2-fan — 3.1*20=62.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
1.1K views11:32
Ochish/sharhlash
2023-02-21 13:46:01
Puch sertifikatlar, sotiladigan esdalik nishoni va pedagoglarning havoga sovurilayotgan pullari. Muammoning ildizi qayerda?

Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazishda ularning o‘quv seminarlaridagi ishtiroki e’tiborga olinadi. Bu nodavlat ilmiy markazlar tomonidan o‘ylab topilayotgan “sertifikat biznesi”ning ildiziga suv quymoqda: attestatsiya va ustama uchun deb aldaydigan ustomonlar ko‘paydi. O‘qituvchilarning bir qismi bunga mehnatlarining rag‘bati sifatida qarayapti.

https://kun.uz/uz/51441071


Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
1.6K views10:46
Ochish/sharhlash