Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi

Telegram kanalining logotibi dtmuzb_uz_davlat_test_1 — Davlat Test Markazi D
Telegram kanalining logotibi dtmuzb_uz_davlat_test_1 — Davlat Test Markazi
Kanal manzili: @dtmuzb_uz_davlat_test_1
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 19.70K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @Dtmuzadmin

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2022-09-27 08:54:02
Oʻzbekistondagi Tibbiyot sohasi boʻyicha OTMlar reytingi

Eng yuqori natija qayd etgan OTMLar:


1. Toshkent tibbiyot akademiyasi
2. Buxoro davlat tibbiyot instituti
3. Toshkent davlat stomatologiya instituti

Eng quyi natija qayd etgan OTMLar:

1. Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
2. Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti
3. Andijon davlat tibbiyot instituti

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
973 views05:54
Ochish/sharhlash
2022-09-26 09:06:45 Bir talabaning bir oylik xarajati qanchaga tushadi?

Kontrakt

Eng arzon va stipendiyasiz kontrakt miqdori 6,4 mln so‘m. Eng qimmati to‘g‘risida indamay qo‘yaqolaylik. Chunki O‘zbekistonda ham qator xorijiy va xususiy oliy o‘quv yurtlari ochilyapti hamda ulardagi kontrakt to‘lovi 40-50 mln so‘mgacha yetishi mumkin. Biz davlat tasarrufida bo‘lgan yuqori chegara – 11-12 mln so‘mga to‘xtalamiz. Shu tarzda o‘rta statistik kontraktni yiliga 8 mln so‘m deb belgilasak bo‘ladi. Bu esa oyiga o‘rtacha 670 ming so‘m degani.

Ijara

Bu xarajat ham keskin farqlanuvchan. Ya’ni talaba o‘rtacha 200 ming to‘lab yotoqxonada yashashi yoki o‘ziga alohida kvartira olishi mumkin. Shuningdek, viloyatlar, Toshkent va turli shaharlardagi narxlar ham ancha farqlanadi. Aksariyat talabalar 4 kishi bo‘lib o‘rtacha narxi 200 dollar bo‘lgan kvartiralarni ijaraga olishadi. Bu bir kishiga 50 dollar, yoki oyiga 550 ming so‘m degani. Ta’kidlash shart: bu o‘rta statistik raqam!

Yegulik

Umumiy sherikchilik tamoyilidan kelib chiqib hisob-kitob qilamiz. Ya’ni 4 kishilik, yana hammasi yosh, yaxshi yeydigan ro‘zg‘orga bir haftalik bozorlik kamida 400-500 ming so‘m bo‘lishi lozim. Bundan tashqari oyiga o‘rtacha 25 kun ko‘chada qilinadigan tushlik bor. Hozir talabalar uchun ishlaydigan ijtimoiy oshxonalar deyarli qolmadi va hamma bozor iqtisodiyotiga yuzlanmoqda. Bitta tushlik esa kamida 15-20 ming. Shu tarzda bir talaba yegulik uchun kamida (!) 700 ming-1 mln so‘m sarflab qo‘yadi.

Transport

Oyiga 25-26 kun qatnovning 20 kunini jamoat transportiga, qolganini taksiga ajratamiz. 20 kun o‘rtacha 3 ming, bu 60 ming. 5 kun o‘rtacha 12 ming – buyam 60 ming so‘m. Har ikkisiga 120 ming so‘m. Albatta, talabalar uchun chiqarilgan “proyezdnoy”lar olish mumkin. Lekin ular hamma joyda amal qilmaydi. Qolaversa, talaba faqat o‘qishga borib kelish bilan cheklanib qolmaydi. Demak, 120 ming so‘m haqiqatga yaqin.

Kiyinish

Ancha nozik masala. Yigitlarda va qizlarda, moda ortidan quvuvchilarda va bunga qiziqmaydiganlarda, boyning bolasida va imkoniyati cheklanganlarda keskin farqlanadi. Lekin biz o‘rtasini olishga kelishganmiz. Buni yillik 1,8 mln deb olaylik, oylikka bo‘lganda esa 150 ming deb yaxlitlaymiz. Bahsli, albatta, lekin muntazam va qoldirib bo‘lmaydigan xarajatlar qatorida bo‘lmagani uchun aniq mezon yo‘q.

Kommunikatsiya

Talabani och qoldirsang qoldir, lekin internetini uzib qo‘yma! Gadjetlar xaridini oylarga bo‘lish, oylik aloqa va internet uchun bemalol 150 ming ajrataverish mumkin, ishonavering.

Madaniy hordiq

Talabalik — oltin davr. Ko‘ngilochar dasturlar esa xarajatsiz bitmaydi. Albatta, bu ham bahsli, muntazam bo‘lmagan va har kim uchun har xil xarajat. Lekin oyiga 100 mingsiz bitmaydi.

Xo‘sh, yakunda qanday manzaraga duch kelamiz:

670.000+550.000+850.000+120.000+150.000+150.00+100.000=2.590.000, ya’ni taqriban 2,6 mln so‘m*!

Narxlar statistik tadqiqotlarga emas, hayotiy kuzatuvlar va so‘rovlarga asosan shakllantirilgan. Umuman, bu borada biror rasmiy tadqiqot olib borilgani ma’lum emas. Bu yerda minimal xarajatlar va O‘zbekistondagi eng ko‘p talaba duch keladigan xarajatlar hisoblangan. Aslida, raqamlar bundan kattaroq bo‘lishi mumkinligiga ham hech shubha yo‘q. Manba.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
2.5K views06:06
Ochish/sharhlash
2022-09-26 08:40:23
O'zbekiston Unversitetlariga Imtihonsiz talaba bo'ling.

BIZDA TIBBIYOT YONALISHI MAVJUD

Qo'ng'iroq qiling va Talaba bo'ling.

Al-Buxoriy
Alfraganus
TMC
PROFI
FAN va TEXNOLOGIYALAR
Navoiy inovatsion instituti
Chirchiq iqtisodiyot va pedagogika instituti


Bizning Firma orqali o'qishga topshirsangiz
- Barcha yo'nalishlar mavjud.
- 365 Kun davomida Bepul konsultatsiya.
- Qulay Narxlar.
- Qonuniy shartnoma.

Perevodchilar uchun maxsus chegirmalarimiz bor ( 2 - 3 Kurslar uchun )

O'ylanib o'tirishga vaqt yo'q Hoziroq ro'yxatdan o'ting.

Murojaat uchun:
+998910016166 | Online Murojaat
+998908248004 | Online Murojaat
+998910092099 | Online murojaat
+998908291404 | Online Murojaat
+998909099031 | Online Murojaat
+998994686099 | Online murojaat
+998901199923 | Online murojaat
2.3K views05:40
Ochish/sharhlash
2022-09-25 08:16:26 ​​#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda 2-bosqich magistratura talabalari tomonidan bu yilgi oʻquv jarayoni uchun amalga oshiriladigan toʻlov shartnoma pullari borasida tushunmovchiliklarga asoslangan xabarlar tarqalmoqda.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi holatni quyidagicha izohlaydi.

Prezidentimizning 2021-yil 22-iyundagi PQ–5157-son va 2022-yil 15-iyundagi PQ–279-son qarorlarida davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qoʻshimcha qabul parametrlari asosida oʻqishga qabul qilinganlarning toʻlov-kontrakt summasi bir talabaga toʻgʻri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanishi koʻrsatilgan.

Ularga koʻra, magistratura (klinik ordinatura)ga oʻtgan oʻquv yilida qoʻshimcha qabul qilingan talabalar belgilangan toʻlov-kontrakt summasini shartnomaga muvofiq 2022/2023-oʻquv yilida ham shu miqdorda toʻlashlari lozim.

Ammo ijtimoiy tarmoqlarda mazkur tartibdagi toʻlov miqdori notoʻgʻri, yaʼni oshirilgan yoki tabaqalashtirilgan (super) kontrakt sifatida undirilayotgani talqin qilinmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bu toʻlov miqdori oshirilgan yoki super kontrakt hisoblanmaydi.

Jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari, shu jumladan talabalar va ularning yaqinlaridan toʻlovlar borasida savol tugʻilganda rasmiy manbalarga tayanishlari, asossiz xabarlarga ishonmasliklarini soʻrab qolamiz.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
2.1K views05:16
Ochish/sharhlash
2022-09-25 08:00:13
O'zbekiston Unversitetlariga Imtihonsiz talaba bo'ling.

BIZDA TIBBIYOT YONALISHI MAVJUD

Qo'ng'iroq qiling va Talaba bo'ling.

Al-Buxoriy
Alfraganus
TMC
PROFI
FAN va TEXNOLOGIYALAR
Navoiy inovatsion instituti
Chirchiq iqtisodiyot va pedagogika instituti


Bizning Firma orqali o'qishga topshirsangiz
- Barcha yo'nalishlar mavjud.
- 365 Kun davomida Bepul konsultatsiya.
- Qulay Narxlar.
- Qonuniy shartnoma.

Perevodchilar uchun maxsus chegirmalarimiz bor ( 2 - 3 Kurslar uchun )

O'ylanib o'tirishga vaqt yo'q Hoziroq ro'yxatdan o'ting.

Murojaat uchun:
+998908248004 | Online Murojaat
+998910092099 | Online murojaat
+998910016166 | Online Murojaat
+998908291404 | Online Murojaat
+998909099031 | Online Murojaat
+998994686099 | Online murojaat
+998901199923 | Online murojaat
2.1K views05:00
Ochish/sharhlash
2022-09-24 09:20:36 Xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim kredit ajratish tartibi.

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

Kredit kimlarga beriladi?

Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

Kunduzgi;
Sirtqi;
Kechki.

Masofaviy taʼlimga berilmaydi.

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

Toʻlash qachondan boshlanadi?

Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

Qanday hujjatlar kerak?

bankka ariza;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
3.1K views06:20
Ochish/sharhlash
2022-09-24 08:45:15
O'zbekiston Unversitetlariga Imtihonsiz talaba bo'ling.

BIZDA TIBBIYOT YONALISHI MAVJUD

Qo'ng'iroq qiling va Talaba bo'ling.

Al-Buxoriy
Alfraganus
TMC
PROFI
FAN va TEXNOLOGIYALAR
Navoiy inovatsion instituti
Chirchiq iqtisodiyot va pedagogika instituti


Bizning Firma orqali o'qishga topshirsangiz
- Barcha yo'nalishlar mavjud.
- 365 Kun davomida Bepul konsultatsiya.
- Qulay Narxlar.
- Qonuniy shartnoma.

Perevodchilar uchun maxsus chegirmalarimiz bor ( 2 - 3 Kurslar uchun )

O'ylanib o'tirishga vaqt yo'q Hoziroq ro'yxatdan o'ting.

Murojaat uchun:
+998908248004 | Online Murojaat
+998910092099 | Online murojaat
+998910016166 | Online Murojaat
+998908291404 | Online Murojaat
+998909099031 | Online Murojaat
+998994686099 | Online murojaat
2.8K views05:45
Ochish/sharhlash
2022-09-23 16:57:01 ​​#Qabul2022 #Statistika
Chet tili sertifikatiga ega abituriyentlarning 87,5 foizi talabalikka tavsiya etilgan

Ma’lumki, chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va chet tili sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlarning 87,5 foizi talabalikka tavsiya etildi.

Bunda chet tili sertifikatiga ega bo‘lgan holda fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga topshirgan abituriyentlar soni 15 305 nafarni tashkil etib, ularning 13 397 nafari talabalik baxtiga musharraf bo‘ldi.

Mazkur abituriyentlarning 4 446 nafari chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan 6 ta OTMdan biriga topshirgan bo‘lib, ularning 4 138 nafari (93,1 %) talabalikka tavsiya etildi.

2019-yil bilan solishtirganda chet tili sertifikatiga ega abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari anchagina ortgan.

2019-yilda chet tili sertifikatiga ega 10 920 nafar abituriyentning 6 169 nafari (56,5 %) talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, bu 2022-yildagi ko‘rsatkichdan 32 foizga kam.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
2.2K views13:57
Ochish/sharhlash
2022-09-23 08:30:30
Moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlar: Ular qanday mustaqillikka ega

2022-yil 1-yanvardan boshlab 35 ta yetakchi davlat oliy ta’lim muassasalariga, jumladan, quyidagi vakolatlar boʻyicha moliyaviy mustaqillik berildi:

ta’lim xizmatlari bozoridagi talabni inobatga olgan holda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash;
talabalarning to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
o‘z mablag‘lari hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
2.0K views05:30
Ochish/sharhlash
2022-09-23 08:01:01
NAVOIY INNOVATSIYALAR INSTITUTIda 2022/2023 o’quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda !

DTMdan olgan balingizga qarab imtihonsiz qabul qilinish imkoniyati mavjud.

HUJJAT TOPSHIRISHGA ULGURIB QOLING

Hujjatlarni onlayn topshirish:
https://niiedu.uz/cv

O’qishni kuchirish uchun havola:
https://niiedu.uz/cv/oqishni-kochirish

Batafsil ma'lumot uchun:
(55) 5000043

Instagram | Telegram | Sayt
1.8K views05:01
Ochish/sharhlash