Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2022 #Statistika 2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o | Davlat test markazi

#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 20-iyul 18:00 holatiga)

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 951 699 nafar.

Shundan:

365 800 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
585 899 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 524 973 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 399 630 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 21 472 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 5 624 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Qashqadaryo viloyati — 108 658 nafar.
Samarqand viloyati — 106 102 nafar.
Toshkent viloyati — 92 077 nafar.
Farg‘ona viloyati — 86 959 nafar.
Surxondaryo viloyati — 80 759 nafar.
Andijon viloyati — 63 129 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 62 013 nafar.
Namangan viloyati — 59 819 nafar.
Toshkent shahri — 55 573 nafar.
Jizzax viloyati — 55 566 nafar.
Buxoro viloyati — 54 542 nafar.
Xorazm viloyati — 50 382 nafar.
Navoiy viloyati — 41 866 nafar.
Sirdaryo viloyati — 34 253 nafar.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi