Get Mystery Box with random crypto!

​​ Kvota-2021: davlat granti 25 foizga oshirilishi mumkin “20 | Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿

​​ Kvota-2021: davlat granti 25 foizga oshirilishi mumkin

“2021/2022 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlarini 2020/2021 oʻquv yiliga nisbatan 25 foizga oshirilgan holda belgilash ehtiyojmand oilalar qizlari uchun “ijtimoiy lift” tamoyili asosida xotin-qizlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini kengaytirish maqsadida alohida grant oʻrinlarini ikki barobarga oshirish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, 2021/2022 oʻquv yili uchun davlat OTMlariga davlat buyurtmasi parametrlari:

bakalavrlar tayyorlash boʻyicha:
kunduzgi taʼlim shakliga – 115 343 nafar;
sirtqi taʼlim shakliga – 36 211 nafar;
kechki taʼlim shakliga – 6 325 nafar;


magistrlar tayyorlash boʻyicha – 12 914 nafar;

nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlari 56 nafar etib tasdiqlanishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega boʻlgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha 2000 nafar qoʻshimcha davlat granti ajratilishi mumkin.

Loyiha 10-aprelga qadar muhokama qilinadi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki5PL34hgC_9Iw