Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi | DTM

Telegram kanalining logotibi dtmuzb2022 — Davlat Test Markazi | DTM D
Telegram kanalining logotibi dtmuzb2022 — Davlat Test Markazi | DTM
Kanal manzili: @dtmuzb2022
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.98K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Davlat test markazining norasmiy telegram kanali
📞 1195
📧 info@dtm.uz
🌐 www.dtm.uz
💥Consulting firmalar uchun 25% skidka.
📈 Reklama xizmati: @Rek_info
Murojaat: @DTMuz_admin

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 35

2022-07-09 04:09:25
QURBON HAYITINGIZ MUBORAK BOʻLSIN!!!

ASSALOMU ALAYKUM

Sizni va barcha oila aʼzolaringizni “QURBON HAYITI”bayrami bilan muborakbod etaman.

•Sizga va oilangizga sogʻlik-omonlik, ikki dunyoni saodatidan nasib etishini so‘rayman.

•Avvalo ona Yurtimiz tinch, osmonimiz doimo shunday musaffo bo‘lsin!

•Bayramni oila aʼzolaringiz bilan shodlik, xursandlikda xayrli utkazishingizni tilab qolaman!

•ALLOHIM!
Kelasi yil shu kunlarga Bizlarni, Ota‑Onalarimizni, Farzandlarimizni, Ayollarimizni, Doʻstlarimizni va barcha yaqinlarimiz bilan sogʻ-omon yetkazsin! AMIYN!




Bizdan uzoqlashmang!

@Dtm_Axborotnomasii
489 viewsedited  01:09
Ochish/sharhlash
2022-07-08 19:37:08 #Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining taqsimoti

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida alohida maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

@Dtm_Axborotnomasii
1.8K views16:37
Ochish/sharhlash
2022-07-08 18:59:01
O'zbekiston BMT ga qachon a'zo bo'lgan?

@Dtm_tarixdan_testlar
1.8K views15:59
Ochish/sharhlash
2022-07-08 18:09:43
AJOYIB XUSHXABAR

Oʻzbekistonda barcha Universitet va institutlarning kirish ballari e'lon qilindi. (Sodda koʻrinishida. Tushunishga oson.)

Oʻzingizga kerakli viloyatni tanlang:

Buxoro OTMlar
Navoi OTMlar
Samarqand OTMlar
Jizzax OTMlar
Andijon OTMlar
Namangan OTMlar
Farg'ona OTMlar
Toshkent OTMlar
Xorazm OTMlar
Qashqadaryo OTMlar
Surxondaryo OTMlar
Barcha OTMlar

Batafsil maʼlumot olish uchun bosing...
1.9K views15:09
Ochish/sharhlash
2022-07-08 17:46:32 #Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 8-iyul 18:00 holatiga)

my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 432 477 nafar. Shundan:

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 286 901 nafar (66 %);
Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 145 576 nafar (34 %).

Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 272 468 nafar. Shundan:

149 000 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
123 468 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Samarqand viloyati — 34 984 nafar.
Toshkent viloyati — 32 695 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 29 285 nafar.
Farg‘ona viloyati — 28 325 nafar.
Andijon viloyati — 24 115 nafar.
Toshkent shahri — 22 638 nafar.
Surxondaryo viloyati — 22 604 nafar.
Namangan viloyati — 18 219 nafar.
Buxoro viloyati — 16 326 nafar.
Jizzax viloyati — 14 797 nafar.
Xorazm viloyati — 13 979 nafar.
Navoiy viloyati — 12 586 nafar.
Sirdaryo viloyati — 11 414 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 4 934 nafar.

@Dtm_Axborotnomasii
1.9K views14:46
Ochish/sharhlash
2022-07-08 17:01:48
IQ darajasi 120 dan yuqori bo'lganlar uchun detektiv boshqotirma.

Ushbu boshqotirma FBRda intervyu olish uchun ishlatilgan.

Qiz o'z ishxonasida o'lik holda topilgan. Ushbu rasmga diqqat bilan qarang va ko'rgan narsangizni ayting: bu qotillikmi yoki o'z joniga qasd qilishmi?

Har bir detalga e'tibor bering.

Foydalanuvchilarning 80% noto'g'ri javob berishgan!
1.9K views14:01
Ochish/sharhlash
2022-07-08 16:42:02
Hattoki matematiklar topa olmayotgan savol

《 Ikki nol ikki to'rt 》soni qanday yoziladi?

P.s.: Men ham 1-marta adashdim
2.0K viewsedited  13:42
Ochish/sharhlash
2022-07-07 19:31:29 ​​​​​​Talaba boʻlmoqchimisiz, unda, albatta, oʻqing!

Abituriyent - bu hayotini oʻzgartirish uchun yoʻlga chiqqan shaxs. Hamma ham odam boʻlib tugʻiladi, ammo kimdir inson boʻlib, kimdir odamligicha vafot etadi. Dunyoda birovga yomonlik qilmasdan yashaganing sening yaxshi inson ekanligingdan dalolat emas. Agar hamma narsaga loqayd boʻlsang, faqat oʻzingni oʻylasang, dangasa, tanbal boʻlsang va hech boʻlmasa, bir marta hayotingni oʻzgartirishga urunib koʻrmasang, insonlikka daʼvo qilma.

Inson uchun doimo harakatda boʻlmoq - tiriklikning belgisi.

Sen bugundan abituriyentsan, bu degani talabalik tomon yoʻl olding. Demak, sen hayotingni oʻzgartirishni xohlaysan. Shunday ekan, quyidagilarni yodda tut:

Hech qachon vaqtim yoʻq dema!
– Hohish boʻlsa, vaqt topiladi. Dunyoni boshqarayotgan mashhurlarning sutkasi senikidan ortiq emas.

Hech qachon eslab qololmayman dema!
— Inson istasa, hammasini yodda saqlaydi, Alloh senga bergan xotiraga shubha qilma. Xotirangni boʻysundir.

Hech qachon tushunmayman dema!
— Dunyoda tushunish qobilyati va ong berilgan yagona tirik jon sensan.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Dtm_Axborotnomasii
2.5K views16:31
Ochish/sharhlash
2022-07-07 18:30:23 O'QISHNI KO'CHIRISHDA SUPER KONTRAKT MIQDORI QANCHA

Imtihonlardan yetarli ball ololmay qolgan talabalar o'z xoxishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin. Uning miqdorini quyidagicha hisoblashingiz mumkin.

Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
Agar 1,1 baldan — 2,0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;

Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa va u 56.7 ball ballni to'plagan bo'lsa, tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab 8 barobardan 20 barobargacha tashkil etadi.

Agar talaba 56.6 va undan kam ball to'plaganlar tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktining minimal miqdorining 2 barobarini to'laydi. Ya'ni super kontrakt 10 barobar bo'lsa, 56.6dan kam to'plaganlar 20 barobar to'laydi.

IZOH: Yuqoridagi miqdorlar stipendiyasiz bir yillik kontrakt miqdoriga nisbatan hisonlanadi. Masalan 6 mln kontrakt bo'lsa, shuning 1,5 barobari va hokazo tarzida. Super kontrakt asosida o'qishni ko'chirishga rozi bo'lgan talabalar OTM tomonidan imtihondan o'tgan talabalar kelishlari so'ralgan vaqtda ular ham borishlari mumkin.

Barcha Abituriyentlarga ulashing

@Dtm_Axborotnomasii
2.1K views15:30
Ochish/sharhlash
2022-07-07 17:30:29 #Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining taqsimoti

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida alohida maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

@Dtm_Axborotnomasii
2.2K views14:30
Ochish/sharhlash