Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2022 #Statistika 2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o | Davlat Test Markazi | DTM

#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 8-iyul 18:00 holatiga)

my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 432 477 nafar. Shundan:

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 286 901 nafar (66 %);
Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 145 576 nafar (34 %).

Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 272 468 nafar. Shundan:

149 000 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
123 468 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Samarqand viloyati — 34 984 nafar.
Toshkent viloyati — 32 695 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 29 285 nafar.
Farg‘ona viloyati — 28 325 nafar.
Andijon viloyati — 24 115 nafar.
Toshkent shahri — 22 638 nafar.
Surxondaryo viloyati — 22 604 nafar.
Namangan viloyati — 18 219 nafar.
Buxoro viloyati — 16 326 nafar.
Jizzax viloyati — 14 797 nafar.
Xorazm viloyati — 13 979 nafar.
Navoiy viloyati — 12 586 nafar.
Sirdaryo viloyati — 11 414 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 4 934 nafar.

@Dtm_Axborotnomasii