Get Mystery Box with random crypto!

O'QISHNI KO'CHIRISHDA SUPER KONTRAKT MIQDORI QANCHA Imtihonl | Davlat Test Markazi | DTM

O'QISHNI KO'CHIRISHDA SUPER KONTRAKT MIQDORI QANCHA

Imtihonlardan yetarli ball ololmay qolgan talabalar o'z xoxishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin. Uning miqdorini quyidagicha hisoblashingiz mumkin.

Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
Agar 1,1 baldan — 2,0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;

Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa va u 56.7 ball ballni to'plagan bo'lsa, tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab 8 barobardan 20 barobargacha tashkil etadi.

Agar talaba 56.6 va undan kam ball to'plaganlar tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktining minimal miqdorining 2 barobarini to'laydi. Ya'ni super kontrakt 10 barobar bo'lsa, 56.6dan kam to'plaganlar 20 barobar to'laydi.

IZOH: Yuqoridagi miqdorlar stipendiyasiz bir yillik kontrakt miqdoriga nisbatan hisonlanadi. Masalan 6 mln kontrakt bo'lsa, shuning 1,5 barobari va hokazo tarzida. Super kontrakt asosida o'qishni ko'chirishga rozi bo'lgan talabalar OTM tomonidan imtihondan o'tgan talabalar kelishlari so'ralgan vaqtda ular ham borishlari mumkin.

Barcha Abituriyentlarga ulashing

@Dtm_Axborotnomasii