Get Mystery Box with random crypto!

Bugun apellatsiya arizalarini qabul qilishning so‘nggi kuni | Milliy sertifikat

Bugun apellatsiya arizalarini qabul qilishning so‘nggi kuni

2021-yil 5-sentabr kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlangan edi.

Qonunchilik hujjatlariga muvofiq apellatsiya arizalari 14-sentabrga qadar qabul qilnadi.

Shuningdek, magistratura mutaxassisliklarining ikkinchi bosqich imtihonlari, ya’ni chet tili fanidan test sinovi hamda talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish ham 14-sentabr kuni yakunlanadi.

Shu sababli, mazkur test sinovlarida ishtirok etgan va o‘z natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar bugun (14-sentabr) 23:59 ga qadar apellatsiya arizasi berishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Apellatsiya arizalari Davlat test markazining apellatsiya.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinmoqda.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube