Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi

Telegram kanalining logotibi dtmuz_info — Davlat Test Markazi D
Telegram kanalining logotibi dtmuz_info — Davlat Test Markazi
Kanal manzili: @dtmuz_info
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.96K
Kanalning ta’rifi

Davlat Test Markazi norasmiy telegram kanali!
✯︎Ta'limdagi eng so'ngi yangiliklar!
✯︎Ta'limga doir savollarga javoblar!
«Abituriyentlarga omad yor bo'lsin!»
Reklama xizmati | @rg_agentlik
📊Menejer | @Dtmuzbadmin

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2022-11-14 13:29:06 Mana senga o'sha kayf:
Magistratura qishki qabulida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar sertifikati borlar hujjat topshirishi mumkin

2022/2023 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga dekabr-yanvar oylaridagi tanlovda istisno tariqasida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar (C1 yoki B2 sertifikatidan tashqari boshqa darajadagi) sertifikatga ega talabgorlar ham ishtirok etishiga ruxsat etildi.

Muhim jihati oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishi davomida talab etilganidek milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlarga 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.

Tanlov natijalari bakalavriat diplomning oʻrtacha ballari asosida aniqlanadi.

Milliy va xalqaro sertifikatlar roʻyxati

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy
994 views10:29
Ochish/sharhlash
2022-11-14 12:59:02
Qishki qabul boshlandi

Navoiy Innovatsiyalar institutining BARCHA ta'lim YO‘NALISHLARIGA qishki qabul boshlandi.

Ta’lim yo’nalishlari:
Pedagogika va Psixologiya
Boshlang‘ich ta'lim
Konchilik ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)
Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
Biologiya
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)

Maktabgacha ta’lim
Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
Filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili)
Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili)
Filologiya va tillarni o’qitish (rus tili).


Ha aytgancha, 2-kursga o’qishni ko’chirish imkoniyati ham mavjud.

Bugundan boshlab qabul ESHIKLARI sizlar uchun OCHIQ. Hujjatlaringizni oling va Navoiy Innovatsiyalar institutiga keling!

Online hujjat topshirish
https://niiedu.uz/

Batafsil ma’lumot
55 500 00 43

Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Web-site | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
997 views09:59
Ochish/sharhlash
2022-11-13 18:30:33 Kontraktning qancha qismini kim qachongacha toʻlashi kerak?

Yaqinda ayrim toifa talabalar uchun toʻlov-kontrakt toʻlash muddati 10-dekabrgacha uzaytirilgani maʼlum qilindi. Shu xabardan soʻng, “bu kimlar uchun” degan savollar koʻpaydi.

Quyidagi maʼlumotdan barchasi tushunarli boʻladi degan umiddaman:

1-kurs talabalari (bakalavr va magistr):

— kontraktning 25%ini 10-dekabrgacha, 50% ini 31-dekabrgacha toʻlashi kerak;

1-kursda super-kontraktda oʻqimoqchi boʻlganlar:

— super-kontraktning 50% ini 10-dekabrgacha toʻlashi kerak;

Davlat OTMga oʻqishini tiklagan talabalar (nechanchi kursligidan qatʼi nazar):

— kontraktning 25%ini 10-dekabrgacha, 50% ini 31-dekabrgacha toʻlashi kerak;

Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga oʻqishini koʻchirgan talabalar (nechanchi kursligidan qatʼi nazar):

— kontraktning 25%ini 10-dekabrgacha, 50% ini 31-dekabrgacha toʻlashi kerak;

Xorijiy (filiallar) va nodavlat OTMlardan davlat OTMga oʻqishini koʻchirgan talabalar (nechanchi kursligidan qatʼi nazar):

— kontraktning 50% ini 10-dekabrgacha toʻlashi kerak;

2, 3, 4 va undan yuqori kurs talabalari:

— kontraktning 25% ini 1-oktyabrgacha, 50% ini 31-dekabrgacha toʻlashi kerak edi. Yuqori kurs talabalariga kontrakt toʻlash muddatini uzaytirishni OTM rektorining (filial direktori) oʻzi hal qiladi. Shu sababli turli OTMlarda muddat turlicha boʻlishi mumkin.

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy
687 views15:30
Ochish/sharhlash
2022-11-13 18:01:08
Buuuuuuum

Shunchaki yolda podcastlarni eshitib turib LISTENING gizni 9.0 gacha ko'tarishingiz mumkin. Men sizga bir kanalni tavsiya qilaman bu kanalda sizlarga kerakli podcastlar joylashgan eng qizig'i transcripti bilan.
720 views15:01
Ochish/sharhlash
2022-11-12 18:30:49 Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari yanvar oyida o‘tkaziladi

Ma’lumki, 2022-yil 24-oktabr kuni matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish 12-noyabrga qadar davom etadi va test sinovlari 4- va 18-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Hozirda talabgorlar tomonidan ona tili va adabiyot fanidan ham milliy sertifikat imtihonlari o‘tkaziladimi degan mazmunda ko‘plab savollar kelib tushmoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, Davlat test markazi tomonidan umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini yanvar oyida ham tashkil etish rejalashtirilgan.

Bunda milliy sertifikat imtihonlari fizika, kimyo hamda ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanlaridan bo‘lib o‘tadi.

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy
522 views15:30
Ochish/sharhlash
2022-11-12 18:01:40
Bu ovozni eshitgan qoplon irillashdan, sirtlon uvillashdan to‘xtaydi, maymunlar ayuhannos solib daraxtlarning eng baland shohlariga chiqib ketadi, kiyiklar, ohular yashin tezligida ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi, marayotgan qo‘y, echkilarning ovozi o‘chadi, tuyalar arqonni uzib qochadi, itlar dumini qisib egasini pinjiga kiradi. Bu ovozni eshitganda hatto odam ham bezgak tutgandek qaltirab, bekinish uchun joy axtaradi. Bu qanday ovoz?
551 views15:01
Ochish/sharhlash
2022-11-11 18:31:23 Chet tilidan DTM sertifikatini olish uchun bo'ladigan imtihonlar 13-noyabrdan boshlanadi!

DTM xabariga ko'ra Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha noyabr oyining birinchi yarmida o‘tkaziladigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 13-noyabr kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 15-17-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy
736 views15:31
Ochish/sharhlash
2022-11-11 18:01:27
IQ darajasi yuqori bo'lganlar uchun MANTIQIY savol!

Ushbu rasmda nechta mushuk
bor?
741 views15:01
Ochish/sharhlash
2022-11-11 14:08:43 Kontrakt to'lash muddati yana uzaytirildi!

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda oʻqishini koʻchirayotgan va tiklayotgan talabalar uchun belgilangan kontrakt toʻlovlarini toʻlashning soʻnggi muddati joriy yilning 10-dekabriga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy
1.0K viewsedited  11:08
Ochish/sharhlash
2022-11-11 13:08:18
O'ZBEKISTONDA TALABA BO'LISH UCHUN ENG OXIRGI IMKONIYAT!
Qabul 2022-2023;

1 KURS VA 2 KURS PEREVOD QILISH IMKONIYATI

IMTIHONSIZ QABUL
Shahar : Toshkent
Ta'lim tili: O'zbek
Ta'lim turi : Sirtqi, Kunduzgi
Bakalavr Diplomi
Litsenziya | Akkreditatsiyaga ega
O'zbekistonda tan olingan Diplom

Yo'nalishlar :
Bank ishi
Davolash ishi
Farmasevtika
Stomotologiya
Neft gaz ishi
Pedagogika va psixalogiya
Konchilik ishi
Boshlang’ich ta’lim
O’zbek tili va adabiyot
Elektr-Energetika
Tarix
Jismoniya tarbiya
Turizm

JOYLAR SONI: 24-ta
QABUL OHIRI
Kontrakt: 13-25 mln gacha bo’lib to’lash imkoniyati

TELEGRAMDAN BOG’LANISH:
@Edumagistr30
@edumagistr50

BATAFSIL MA'LUMOT UCHUN:
+998 88-034-00-30
+998 88-034-00-50
+998 99-786-99-69
+998 97-750-12-45

Bizning manzil: Toshkent shahar parkent ko
chasi 199-uy
1.1K views10:08
Ochish/sharhlash