Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi

Telegram kanalining logotibi dtmuz_info — Davlat Test Markazi D
Telegram kanalining logotibi dtmuz_info — Davlat Test Markazi
Kanal manzili: @dtmuz_info
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.96K
Kanalning ta’rifi

Davlat Test Markazi norasmiy telegram kanali!
✯︎Ta'limdagi eng so'ngi yangiliklar!
✯︎Ta'limga doir savollarga javoblar!
«Abituriyentlarga omad yor bo'lsin!»
Reklama xizmati | @rg_agentlik
📊Menejer | @Dtmuzbadmin

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-12-28 08:01:46Abituriyentlar imtihonlarga tayyorlanishda ko‘p qiladigan 5 xato

Odam o‘rganishning xato usullaridan foydalanib, 10 soat o‘rganib ham qariyb hech nima o‘rganmasligi mumkin. Tasavvur qiling, abituriyent shuncha o‘zini berib, 3 oy 10 soatdan tayyorlansa-yu, qariyb hech nimani o‘rganolmagan bo‘lsa. Shuning uchun imtihonlarga tayyorlanishda qilinadigan xatolarni bilib qo‘ygan foydali.

1. Qayta va qayta o‘qish.
Oldingi postdagi shuncha tayyorlanib ham imtihondan o‘tolmagan Samirni misol qilib olaylik. Samir boshini ushlab olib, bir mavzuni birdaniga qayta va qayta o‘qiverardi. Bu usul Samirga birdaniga imtihon topshirganida foyda berardi. Lekin boshqa hollarda umuman foyda bermaydi.

Eng yomoni — qayta va qayta o‘qish "bilim illyuziyasi"ga olib keladi. Ya'ni Samir har qayta o‘qiganida mavzu unga tanishroq bo‘lib boraveradi. Ammo bu yolg‘on tasavvur, bu usul testda javoblarni eslay olishiga yordam bermaydi.

2. Tagiga chizib o‘qish
Samir har xil rangdagi flomasterlarni olib, kitob o‘qiyotganida muhim nimanidir ko‘rsa, tagiga chizib qo‘yardi. Bu unga muhim narsalarni yodlab qolishiga yordam beradi, deb o‘ylardi.

Lekin unday emas. Nimanidir tagiga chizgani Samirning miyasiga ma'lumotni solib qo‘ymaydi. Bu usul ham qayta va qayta o‘qishdek "bilim illyuziyasi"ni paydo qiladi. Samir agar men nimaningdir tagiga chizib qo‘ysam, o‘sha narsa xotiramda qoladi, deb o‘ylaydi. Imtihonga kirganida xotiram pastmi, deb, javoblarni eslayolmaydi.

3. Tushunmasdan yodlash
Samir qiyin matametik formulaga qarardi-yu, uni tushunish qiyin deb, formulani shunchaki yodlashga harakat qilardi. Boshida birdaniga esda qoladi. Lekin miyada bir xususiyat bor, agar u biron narsani tushunmasa, tezda esdan chiqarib yuboradi. Shu sababdan ertasi kuni yoki bir haftadan keyin Samir formulani eslashi kerak bo‘lganida eslayolmaydi.

Agar Samir hamma formulalarni tushunmasdan yodlaydigan bo‘lsa, formulalar xayolida chalkashib ketib, misol ishlashini aksincha qiyinlashtiradi. Formulani boshida tushunishga ko‘proq vaqt ketadi, lekin tushunmasdan yodlashga qaraganda odam tezroq yodlab qoladi.

4. To‘xtamasdan o‘qish
Samir qaysidir motivatsion videoni ko‘rardi-da, 3-4 soatlab, ba'zida 8 soatlab to‘xtamasdan imtihonga tayyorlanardi. Lekin bu foydadan ko‘ra zarar beradi. Sababi miya bitta narsaga uzoq muddat e'tiborini qaratgani sari ma'lumotni yaxshi qabul qilishi qiyinlashib boraveradi. O‘qilgan narsalar miyadan chiqib ketaveradi. Orada qisqa tanaffuslar qilib turish kerak.

5. Kam uxlash
Samir qarasa, uyquga 7-8 soati ketayotgan ekan. Agar uyqudan 2-3 soatini olsa, imtihonga ko‘proq vaqt ajrata olar ekan. Qanday yaxshi! Samir kam uxlab, ko‘p o‘qishni boshlaydi.

Lekin keyinchalik o‘qishga erinchoqligi boshlanadi. Erinchoqligini yengganidan keyin ham dars vaqti yo uxlab qoladi, yo o‘qiganini tushunmay qoladi. Ikki kundan keyin o‘qiganlarining ko‘pini eslay olmaydi. Sababi odam uxlagan vaqti hech narsa bo‘lmagandek tuyulsa ham odam charchog‘ini chiqarib, o‘ziga kuch oladi. Quvvati yo‘q odam yaxshi tayyorlana olmasligi tabiiy. Bundan tashqari, odam uxlayotganida miya o‘rgangan ma'lumotlarini o‘zi takrorlaydi, ya'ni uxlayotganingizda ham qiynalmasdan ma'lumotlarni takrorlagan bo‘lasiz. Shuning uchun ko‘p ham emas, kam ham emas me'yorida uxlash kerak. Bekordan bekorga odamning uxlashga ehtiyoji yo‘q.

Avalboyev Suxrob

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy
1.4K views05:01
Ochish/sharhlash
2022-12-28 08:00:24
7-YANVAR PDP UNIVERSITY'DA QISHKI QABUL UCHUN KIRISH IMTIHONLARI O'TKAZILADI

IT sohasida professional mutaxassis bo'lishni istagan abituriyentlar va 11-sinf o'quvchilari uchun PDP University'da qishki qabul davom etmoqda.

Imtihon fanlari:
- Matematika
- Mantiq

Agar siz ingliz tilini bilmasangiz, bu endi muammo emas, o'qish davomida universitetda chet tilini mukammal o'rganish imkoniga ega bo'lasiz!

Universitetda xalqaro darajadagi mentorlardan IT sohasini mukammal o'rganing va oliy ma'lumotli TOP dasturchi bo'ling.

Shoshiling, qishki qabul uchun ro'yxatdan o'tishga ulgurib qoling va Yangi yilda TALABA bo'ling!

IMTIHON SANASI: -YANVAR

Imtihonga ro'yxatdan o'tish: http://bit.ly/3FVJkno

Batafsil ma'lumot uchun:

| +998787777747
| @PDPUniversitybot
| university.pdp.uz

Telegram | Instagram | YouTube
682 views05:00
Ochish/sharhlash
2022-12-27 17:24:11 ​ ️Xususiy universitetga to'langan kontrakt pulining 12% qismini davlatdan qaytarib olishni bilasizmi?

Xattoki, kredit bilan to'langan bo'lsa ham!

Aytaylik, siz yillik 10 mln so'm kontrakt to'lagan bo'lsangiz, bemalol 1.2 mln so'mni qaytarib olishingiz mumkin. 4 yilda 40 mln to'lagan bo'lsangiz, demak 4.8 mln  so'mni qaytarib olishingiz mumkin!

Soliq chegirmasini olish uchun to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:

o‘z mablag‘lari;
jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari.

To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklarasiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:

to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;
bank bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
OTM hisob raqamiga pul mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
pasport nusxasi va talabaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi.

Huquqiy asos: lex.uz/docs/-4674902

Eslatma: Bu qaytarib olinayotgan pul aslida davlatga har oy oylik olganda oyligingizdan ushlab qolinadigan (podoxod) soliqlaringizdir. Agar siz rasmiy ishda ishlamagan bo'lsangiz, yoki qaytarib olishingiz kerak bo'lgan summaga mos soliqni davlatga to'lamagan bo'lsangiz bu imkoniyatdan umuman yoki to'la foydalana olmaysiz.

Shunaqa gaplar. Talabalarga tarqating!

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy
627 views14:24
Ochish/sharhlash
2022-12-27 16:24:51
Yapon standartlariga asoslangan xalqaro universitetga GRANT asosida o'qishga kiring va Yaponiyada ishlash imkoniyatini ega bo'ling!

Japanese International University (JIU) o'z talabalariga quyidagi yo'nalishlarni taklif etadi:
Biznes Boshqaruv
Moliya
IT
Pedagogika
Turizm

Eng asosiysi, Universitetmizning 2023-yil bahorgi semestiriga Grant asosida o'qishga kirishingiz hamda Yaponiyada yiliga $30,000 maosh beradigan kafolatlangan ishga ega bo'lishingiz mumkin.

Agarda Siz ham JIU universiteti talabasi bo'lib, Yaponiyaning nufuzli kompaniyalarida ishlamoqchi bo'lsangiz, unda quyidagi link orqali ariza qoldiring!

https://jiuuz.info/abtrntst
673 views13:24
Ochish/sharhlash
2022-12-23 16:31:16Xususiy universitetdan davlat universitetiga o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?

Javob: Respublika hududida faoliyat yuritayotgan nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o'qishini mos va turdosh boʻlgan ta'lim yo'nalishlariga ko'chirish talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta'lim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta'lim yo'nalishlari bo'yicha test sinovlari asosida o'tkaziladi.

O'tish ballidan past ball to'plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.

Oʻzbekiston davlat OTMlarining mos va turdosh boʻlmagan ta'lim yo'nalishlariga koʻchirish oʻrnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta'lim yo'nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdoriga teng boʻlgan bir martalik toʻlov asosida amalga oshiriladi.

Sodda qilganda, ha, iloji bor!

Xususiy oliygohda o'qiydigan yoki o'qimoqchi bo'lganlarga bu xabarni yuborib qo'ying.

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy
740 views13:31
Ochish/sharhlash
2022-12-23 15:29:35
AJOYIB YANGILIK
Talaba boʻlish uchun orzular tomon yana bir eshik ochildi.


Fargʻona viloyatida yangi tashkil qilingan litsenziyaga ega TIBBIYOT UNIVERSITETI siz talabalarni oʻz bagʻriga chorlaydi.
Imtihonsiz


Yoʻnalishlar
Davolash ishi
Faqatgina 1- kurs uchun
Qabul qilinadi
Kantrakt toʻlovi
Yiliga 26 mln soʻm

Murojaat uchun Telefon

93-724-48-48
Online qabul uchun
@dr1996b
Firma toʻlov 5 mln soʻm

Fribgarlardan ogoh boʻling
Bizda hammasi qonuniy.
834 views12:29
Ochish/sharhlash
2022-12-21 18:19:24 #Rasman #Tezkor #Tarqatamiz

2023/2024 o‘quv yili bakalavriat qabuli uchun fanlar majmuasi tasdiqlandi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi belgilangan tartibda qabul boshlanishidan 6 oy oldin tasdiqlandi.

Manba: Edu.uz

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy
1.3K viewsedited  15:19
Ochish/sharhlash
2022-12-09 19:02:09Bugun toʻlov-kontrakt toʻlashning oxirgi kuni. Ertaga banklar ishlamaydi!

Davlat qabul komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2022/2023 oʻquv yilida OTM bakalavriat va magistraturaga kirgan abituriyentlar hamda oʻqishini koʻchirgan yoki tiklayotgan talabalar uchun kontraktni toʻlashning soʻnggi muddati 2022-yilning 10-dekabriga qadar (shu kuni ham) uzaytirilgan.

Aslida bugun oxirgi kun. 10-dekabrga qadar banklarda bugun rasman oxirgi ish kuni.

Ulgurib qoling. Bugundan kech qolsa, OTM talabalar safidan chiqarishga haqqi bor!

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy
1.0K views16:02
Ochish/sharhlash
2022-12-09 17:59:02 CEFR MULTI-LEVEL IMTIHONI UCHUN MOCK TEST TOPSHIRISHNI ISTAYSIZMI, KANALIMIZGA ULANING VA IMTIHON HAQIDA MA'LUMOTLARGA EGA BO'LING

https://t.me/CefrIntensiveLearning
Murojat uchun:@Miledi_1507
1.1K views14:59
Ochish/sharhlash
2022-12-05 09:33:03 Tezkor: Talabalar va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 2022-yilning 26-dekabridan 2023-yilning 9-yanvariga qadar etib belgilandi. Bu haqida onlayn brifingda aytib o’tildi Barchaga ulashing Safimizga qo’shiling…
590 viewsedited  06:33
Ochish/sharhlash