Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi

Telegram kanalining logotibi dtmuz_info — Davlat Test Markazi D
Telegram kanalining logotibi dtmuz_info — Davlat Test Markazi
Kanal manzili: @dtmuz_info
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.96K
Kanalning ta’rifi

Davlat Test Markazi norasmiy telegram kanali!
✯︎Ta'limdagi eng so'ngi yangiliklar!
✯︎Ta'limga doir savollarga javoblar!
«Abituriyentlarga omad yor bo'lsin!»
Reklama xizmati | @rg_agentlik
📊Menejer | @Dtmuzbadmin

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 20

2022-08-29 17:30:06 ​​ TALABASHUNOSLIK

,,Talaba'' —bir so'mi yo'q millioner.
,,Talabalik bileti'' — nomi ulug', suprasi quruq.
,,Sessiya'' — yarim yillik uyqudan uyg'onish.
,,Stipendiya" — xayot mazmuni.
,,Seminar" — 80 daqiqa o'limga tik boqish.
,,Maruza'' — kecha chala qolgan uyquning davomi.
,,Domla'' — sessiyada qo'lga tushmas qasoskor.
,,Darslar'' — ezmashunoslik asoslari.
,,Tanka'' — najot kemasi.
,,Dekanatga'' chaqirilgan talaba — oy borib, omon qayt.
,,Parta'' — yangliklar doskasi.
,,Oshxona'' — talabalar orzusi.
,,Oshqozon" — tatilga chiqqan xodim.
,,Zachotka" — domla uchun qasos olishning yagona imkoniyati.
,,Kutubxona'' — uyqu xonasi
.



Barchaga tarqatamiz

Safimizga qo'shiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEqdgz9bZOF2EA4iLg
10.2K views14:30
Ochish/sharhlash
2022-08-29 10:39:16 ​#Apellatsiya
Apellatsiya 6-sentabrga qadar qabul qilinadi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 6-sentabrga qadar (10 kun) davom etadi.

Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2022-yil 7-sentabrdan boshlanadi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEqdgz9bZOF2EA4iLg
9.2K views07:39
Ochish/sharhlash
2022-08-29 10:09:06 Barcha talabalarni qutlaymiz.Uzoq muddatli mashaqqatlardan soʻng,orzularingiz ushaldi

Safimizga qo'shiling
@Dtmuz_Info
7.4K views07:09
Ochish/sharhlash
2022-08-29 09:29:06 ​​Qachon haq berasiz?!
Bolangiz oʻqishga kiribdi!


Yaxshi gap totlidir qanddayin,
El ichra xushxabar yuribdi,
Sir bermay turibsiz qandayin,
Bolangiz oʻqishga kiribdi?!

Eshitdik, koʻp boʻlmang kamtarin,
Nishonni bexato uribdi.
E qoyil!
Tasanno!
Ofarin!
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Kim deydi:
"Oʻzi zoʻr bola-da",
Kim yuzin, kim labin buribdi...
"Olmaning tagiga olma... "-da,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Kim sotgan molingiz sanagan,
Kim deydi:
"Qancha pul beribdi?!"
Qanday zoʻr baxt ota-onaga,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Sannasin miyasi aynigan,
Har kimsa ekkanin oʻribdi.
"Byudjet"mi... "kontrakt"... mayliga,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

El aro yorugʻdir yuzingiz,
Fayzingiz yarashib turibdi.
Davrada yangroqdir soʻzingiz,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Baraka topgaysiz oʻgʻildan,
Xudoyim tashvishdan qoʻribdi.
Qiz boʻlsa, sovchilar yogʻilgay,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

U bugun haqiqiy qahramon,
Mehnatin rohatin koʻribdi.
Nafidan el boʻlgay bahramand,
Bolangiz oʻqishga kiribdi.

Havasda qarindosh, oʻzga ham,
Hasadgoʻy toshini teribdi...
Yuqsin-yuqsin, deymiz bizga ham,
Bolangiz oʻqishga kiribdi.

Siz bugun xoʻb koʻkrak kerasiz,
Ulfatlar koʻp tomoq qiribdi...
Qadrdon, qachon haq berasiz?!
Bolangiz oʻqishga kiribdi
!

Nuriddin Egamov

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEqdgz9bZOF2EA4iLg
8.7K viewsedited  06:29
Ochish/sharhlash
2022-08-29 08:01:05 ​​​​BOʻSH KELMANG! Bu yil talabalik baxti nasib qilmagan doʻstlarimiz uchun.

Afsuslar egkanda boshingiz
Men sizga rost soʻzni soʻzladim
Siz xali koʻp ishga qodirsiz
Talaba boʻlmagan doʻstlarim

Intilgan ilojin topadi
Xatolar daftarin yopadi
Yaxshi ot keyinroq chopadi
Talaba boʻlmagan doʻstlarim

Ilmga baxshida qalb qoʻri
“Xech ortga qaytma” der gʻururi
Eng zoʻri boʻlasiz, eng zoʻri
Talaba boʻlmagan doʻstlarim

Togʻlardek mustahkam axdingiz
Dunyoni lol qilsin shaxtingiz
Albatta kuladi baxtingiz
Talaba boʻlmagan doʻstlarim...

Ushbu sheʼrni kimga yuborish kerakligini bilasiz!

Safimizga qo'shiling

@Dtmuz_Info
8.9K viewsedited  05:01
Ochish/sharhlash
2022-08-28 15:34:50 O'qishga kirolmagan abituriyent aka-ukalarimiz, opa-singillarimiz...

Xafa bo‘lmang! Tabassum qiling. Dunyoda hech narsa sizning xafa bo‘lishingizga arzimaydi. Nimanidir yo‘qotdingizmi sabr qiling ALLOH sizga sabrning ajrini ham beradi InshaALLOH.

Safimizga
qo'shiling
https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy
13.7K viewsedited  12:34
Ochish/sharhlash