Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi OTM bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga kir | Davlat test markazi 24 | DAVLAT TEST MARKAZI

#Bilasizmi

OTM bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball toʻplagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy qilingan

Prezident qarori (PQ–5172-son, 06.07.2011-y.)ga ko‘ra:

Davlat OTM bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga kirish imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) eng yuqori ball toʻplagan 200 nafar yoshlar davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.

Grant sovrindorlari orasidan fanlarni “aʼlo” baholarga oʻqigan, maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlarida yutuqlarga erishgan talabalar tanlov asosida tanlab olinadi va ularga Prezident davlat stipendiyasi tayinlanadi.

Oʻqish yakuniga qadar Prezident grantini uzluksiz olgan talabalar bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos va turdosh mutaxassislik boʻyicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.

https://t.me/+QSfBgpW54nFlMjcy