Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2022 #Statistika 2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o | Davlat test markazi 24 | DAVLAT TEST MARKAZI

#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 29-iyun 18:00 holatiga)

my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 163 986 nafar. Shundan:

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 53 343 nafar (33 %);
Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 110 643 nafar (67 %).

Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 71 882 nafar. Shundan:

36 501 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
35 381 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Toshkent viloyati — 6 995 nafar.
Samarqand viloyati — 5 654 nafar.
Farg‘ona viloyati — 5 176 nafar.
Andijon viloyati — 5 159 nafar.
Toshkent shahri — 4 976 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 4 747 nafar.
Surxondaryo viloyati — 3 955 nafar.
Namangan viloyati — 3 297 nafar.
Jizzax viloyati — 2 602 nafar.
Buxoro viloyati — 2 549 nafar.
Navoiy viloyati — 2 365 nafar.
Sirdaryo viloyati — 2 277 nafar.
Xorazm viloyati — 2 063 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1 528 nafar.

Bolajak talabalar safiga qo'shiling . https://t.me/+QSfBgpW54nFlMjcy