Get Mystery Box with random crypto!

5 ta ta'lim yo'nalishga topshirishda muhim ma'lumotlar Bu y | Davlat test markazi 24 | DAVLAT TEST MARKAZI

5 ta ta'lim yo'nalishga topshirishda muhim ma'lumotlar

Bu yil ham siz bir vaqtning o'zida 5 ta ta'lim yo'nalishiga hujjat topshirishingiz mumkin. Faqatgina fanlar ketma ketligi bo'yicha mos tushishi zarur bo'ladi. Undan keyin 5 ta yo'nalish tanlash yoki 5 xil OTM ni tanlash ham majburiy emas.

Yana bu yilgi o'quv yilidan boshlab 5 ta ta'lim yo'nalishini tanlay olishdan tashqari bir vaqtning o'zida ham sirtqi, ham kunduzgi, ham kechki, ham masofaviy taʼlimni tanlay olishingiz mumkin bo'ldi.

Misol tariqasida yozib ko'rsatamiz:
1. TATU Axborot xavfsizligini boshqarish fakulteti - kunduzgi
2. TATU dasturiy injenering fakulteti - sirtqi
3. Moliya instituti Birja ishi yo'nalishi - kechki
4. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korparativ boshqaruv yo'nalishi - masofaviy ta'lim
5. UMUMAN TANLAMASANGIZ HAM BO'LADI (majburiy emas)

Yuqorida yozilgan ketma ketlikda deyarli har bir holat hisobga olindi. Ya'ni bir vaqtni o'zida ta'lim shaklini hisobga olmasdan tanlay oldik va 5 - siga ixtiyoriy tarzda bo'sh qoldirsangiz ham bo'ladi. Istasangiz faqatgina bitta yo'nalish va OTM ni tanlab cheklanishingiz mumkin.

Istisnolar:

Ijodiy (kasbiy) imtihon topshiriladigan yoʻnalishlarda faqat bitta yoʻnalish tanlash mumkin (MAJBURIY), 5 tagacha yoʻnalish tanlab boʻlmaydi. Bu cheklov ham ijodiy, ham test topshiriladigan yoʻnalishlarga ham taalluqli;

Magistraturada ham faqat 1 ta mutaxassislik tanlash mumkin

MUHIM ESLATMA:

Yo'nalishingizni tanlayotganda judayam e'tiborli bo'lishingiz talab qilinadi. Chunki qayerda o'qishingiz ham aynan shu tanlagan ketma ketligingizga bog'liq. Tartib bo'yicha siz qaysi OTM ni ketma ketlikda tanlagan bo'lsangiz aynan o'sha ketma ketlik bo'yicha tanlanadi. Siz to'plagan ball hammasiga yetsa ham siz faqatgina 1-sida o'qishga majbur bo'lasiz. Buni siz tanlagan tartibingiz bo'yicha aftomatik tizim aniqlab beradi.

https://t.me/+QSfBgpW54nFlMjcy