Get Mystery Box with random crypto!

Qoraqalpog’iston Respublikasi | BBA

Telegram kanalining logotibi dtmnukus — Qoraqalpog’iston Respublikasi | BBA Q
Telegram kanalining logotibi dtmnukus — Qoraqalpog’iston Respublikasi | BBA
Kanal manzili: @dtmnukus
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 19
Kanalning ta’rifi

Тест 2019/2020
Каналнинг манзили
👇👇👇👇👇👇↙️↙️↙️↙️

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2021-02-01 12:26:58 Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlarda test sinovlari yakunlandi

2021-yil 26-yanvar kuni Respublika Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga harbiy tavsiyanoma berish bo‘yicha test sinovlari boshlangan edi.

Dastlabki haftadagi test sinovlari Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlarda o‘tkazildi.

Mazkur harbiy qismlardagi test sinovlari 30-yanvar kuni yakunlanib, 1-fevral kuni Milliy gvardiyaga qarashli harbiy qismlarda test sinovlari boshlandi.

Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 31-yanvarda 3215 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida tashkil etilmoqda.

Muddatli harbiy xizmatchilar uchun mo‘ljallangan test savollarining umumiy soni 100 ta bo‘lib, ularning 40 tasi – jangovar tayyorgarlik, 20 tasi – ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, 10 tasi – matematika, 10 tasi – fizika fani bo‘yicha test savollaridan, shuningdek, qolgan 20 tasi esa mantiqiy test savollaridan iborat bo‘ladi.

Test sinovlari fevral oyi yakuniga qadar davom etadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
126 views09:26
Ochish/sharhlash
2021-02-01 07:52:01 Fevral oyi uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi

2021-yil 1-fevral kuni Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida fevral oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish boshlandi.

Hujjatlarni qabul qilish 5-fevral kuniga qadar (5-fevral kuni ham) davom etadi.

Qabul uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug‘ilganlik haqida guvohnoma) va uning nusxasi;
onlayn arizaning chop etilgan nusxasi;
to‘lov amalga oshirilganlik to‘g‘risida hujjat nusxasi (kvitansiya).

Hujjatlarni topshirishdan oldin talabgorlar test sinovi uchun ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Ro‘yxatga olish biometrik pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lganlar uchun my.dtm.uz sayti orqali, biometrik pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lmaganlar uchun esa Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida amalga oshirilmoqda.

Bunda talabgorlar test topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
133 views04:52
Ochish/sharhlash
2021-01-31 12:24:53 ​​TEST TOPSHIRIQLARINI APROBATSIYADAN O`TKAZISH DAVOM ETMOQDA
199 views09:24
Ochish/sharhlash
2021-01-30 07:56:26 2021-2022-o‘quv yilida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda?

2021-2022-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida abituriyentlar uchun qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda?





Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
185 views04:56
Ochish/sharhlash
2021-01-29 16:40:43 ​​Davlat test markazi ETS tashkilotining rasmiy hamkoriga aylandi

Xalqaro imtihon tizimlarini respublikamizda joriy etish orqali yoshlarga O‘zbekistonning o‘zida xalqaro imtihonlarni topshirish va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyatini yaratish maqsadida Davlat test markazi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.

Ana shunday hamkorlik doirasida, test savollarini tuzish va test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha dunyodagi eng yirik tashkilotlardan biri bo‘lgan AQShning Educational Testing Service (ETS) va Davlat test markazi o‘rtasida ETS imtihonlarini hamkorlikda o‘tkazish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Mazkur kelishuvga asosan Davlat test markazi ETS Global tashkilotining barcha talablariga javob bergan holda “TOEFL ITP Level 1 & 2 Digital Test” va TOEIC (Listening, Reading, Speaking, Writing) imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi.

Unga ko‘ra, Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan “TOEFL ITP Level 1 & 2 Digital Test” va TOEIC (Listening, Reading, Speaking, Writing) imtihonlari xalqaro miqyosda tan olinadi hamda imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikati beriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
172 views13:40
Ochish/sharhlash
2021-01-29 15:31:10 ​​TEST TOPSHIRIQLARI APROBATSIYADAN O`TKAZILDI
209 views12:31
Ochish/sharhlash
2021-01-28 12:18:23
Тест тайёрлаш ва уни фойдаланишгача етказиш жараёни қандай? ДТМга пресс-тур ташкил этилди (+видео)

http://uza.uz/posts/237447

Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | Twitter
205 views09:18
Ochish/sharhlash
2021-01-28 09:58:19 Davlat test markazida tashkil etilgan press-turdan lavhalar

Davlat test markazida ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar va davlat tashkilotlari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan press-turdan lavhalar:





Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
205 views06:58
Ochish/sharhlash
2021-01-27 15:59:17
Нукус гарнизонида аскарлар имтиёзли тавсиянома олиш учун якуний синовларни топширди
https://shgho.uz/uz/6325.html

Шимоли-ғарбий ҳарбий округ матбуот хизмати
251 views12:59
Ochish/sharhlash
2021-01-27 12:22:54 ​​Test natijasini ko‘rish yanada oson

Davlat test markazining interaktiv xizmatlar portalida test natijalarini ko‘rish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat yaratildi.

Endilikda test sinovida ishtirok etgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingandan so‘ng my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlariga kirmagan holda ham o‘z natijalarini bilishlari mumkin bo‘ladi.

Buning uchun mazkur saytdagi “Natijani ko‘rish” bo‘limiga test topshiriqlari kitobi raqami va sahifada keltirilgan arifmetik ifodaning qiymatini kiritish kifoya.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

test topshirilgan fanlar;
har bir fan bo‘yicha test topshiriqlari soni;
har bir fan bo‘yicha to‘g‘ri javoblar soni;
har bir fan bo‘yicha umumiy to‘plangan ball;
har bir test topshirig‘iga to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob berilganligi.

Ma’lumot uchun, diagnostik test sinovida ishtirok etgan talabgorlar ham o‘z natijalarini shu yerdan bilishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
185 views09:22
Ochish/sharhlash